Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyaga 45 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan samolyot yetib keldi
Afg‘onlar bo‘lgan samolyot Hannover aeroportiga qo‘ndi va ularga Germaniyaga kirishga ruxsat berildi. Ular viza olish uchun Germaniya sudlariga murojaat qildi.
Bir necha afg‘on oilalari, jami 45 kishi 1 sentabr, dushanba kuni Pokiston poytaxti Islomoboddan muntazam reys bilan Germaniyaga yetib keldi. Istanbulda rejalashtirilgan to‘xtashdan so‘ng samolyot Hannover aeroportiga qo‘ndi, deb xabar beradi dpa.
Germaniya Ichki ishlar vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, sud jarayonlari natijasida barcha 45 afg‘on fuqarosi mamlakatga kirish vizasini olgan. «Bu odamlarning barchasi to‘liq kirish tartibi va xavfsizlik tekshiruvidan o‘tgan», deya qo‘shimcha qildi u.
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Pokistonda 2100 ga yaqin afg‘on bor, ular o‘zining bayonotiga ko‘ra, Germaniyaga kirishga ruxsat olgan.
Mavzuga oid
10:50
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
10:00 / 10.06.2026