Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlash tartibi belgilandi
Tartibga ko‘ra, suv hisoblash vositalari bilan jihozlanmagan yerosti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Hukumat qarori bilan «Yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashni ro‘yxatga olish va muhrlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish» ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga ko‘ra, u davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali ko‘rsatiladi.
Suv hisoblash vositalari bilan jihozlanmagan yerosti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Yerosti suv olish inshootlaridan olinayotgan suv hisobini yuritish uchun faqat O‘zbekiston Respublikasida o‘lchash vositalari davlat reyestriga kiritilgan turlardagi suv hisoblash vositalarining o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Suv hisoblash vositalari nasosli quduqlarda suv chiqishini boshqarish qurilmasidan oldin, favvorali quduqlar va buloqlarda boshqarish qurilmasidan keyin o‘rnatilishi lozim.
Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun BHM 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Hududiy gidrogeologiya stansiyalari va tuman (shahar) soliq inspeksiyalari so‘rovnoma yuborilgach, 10 kun muddatda yerosti suv olish inshootlarida o‘rnatilgan suv hisoblash vositalarini ro‘yxatga oladi va muhrlaydi.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
07:18 / 05.05.2026
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
18:55 / 19.04.2026