Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi 96 foiz yerlarning elektron xaritasi yaratildi
O‘zbekistondagi 96 foiz yerlarning elektron xaritasi yaratildi. Bu haqda yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi to‘g‘risida Respublika aerogeodeziya markazi bo‘lim boshlig‘i ma’lum qildi.
Topografik s’yomka ishlari uchun maxsus samolyot va aerofotokamera, 112 ta uchuvchisiz uchish vositalari (dron) bilan ta’minlandi hamda sohani raqamlashtirish uchun 6 ta axborot tizimi va ma’lumotlar markazi ishga tushirildi. Uch yil davomida 96 foiz yerlarning elektron xaritasi yaratildi. Olib borilgan tizimli ishlar natijasida zaxiradagi 1,2 million gektar qishloq yerlariga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishi hisobiga 675 ming aholi va fermerlarga 425 ming gektar yerlar bo‘lib berildi.
Respublikadagi yer fondi toifalari bo‘yicha hududlar kesimida monitoring ishlari va xatlovlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda yer resurslarini samarali boshqarish, ulardan oqilona foydalanish yangi bosqichga chiqdi. Buning natijasida mamlakatdagi barcha yer maydonlarida bosqichma-bosqich xatlov o‘tkazilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi yer toifasida bo‘lgan, amalda sanoat yoki boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan yer maydonlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish hamda hukumat komissiyasiga takliflar kiritish bo‘yicha Respublika aerogeodeziya markazi yetakchi mutaxassislari tomonidan yer maydonlari xatlovdan o‘tkazildi va elektron xaritalari yaratildi.
Yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish ishlarini sifatli amalga oshirishda tabiiyki, yuqori aniqlikdagi o‘lchovchi uskunalar va texnologiyalarni qo‘llash talab etiladi.
Ushbu ishlarni tashkil qilish uchun Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan Tecnam P2006T rusumli samolyotda olingan aerofotosuratlar yordamida ortofoplanlar tuzilib, xaritaga olinayotgan hududlardagi har bir obekt yuqori aniqlikda mavzuli deshifrovka qilinadi. Bu barcha yerdan foydalanuvchilarning haqiqiy chegaralarini tasvirlab berish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari xaritaga olinayotgan hududlarda obektlarning davriy o‘zgarishlarini ham aniqlash mumkin.
Hozirgi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari bo‘yicha yer hisobida ko‘rsatilgan yer maydonlarining amaldagi holati o‘rganildi. Xorazm viloyatidagi yer fondining barcha 8 ta toifasi bo‘yicha yer resurslarining hisobotda aks ettirilishi va ulardan amalda foydalanilishi bo‘yicha aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat bo‘yicha jami yerlar 608 ming 158 gektar ko‘rsatilgan bo‘lsa, xatlov natijasida ushbu yer maydoni 618 ming 432 gektarni tashkil qilgan.
Yer toifalarining o‘zgarishi asosan qishloq xo‘jaligi yerlariga to‘g‘ri kelib, hisobot bo‘yicha qishloq xo‘jaligi fondida turgan yer maydonlari amalda yer fondining boshqa turlariga o‘tib ketgan. Jumladan, aholi punktlari yerlari, sanoat yerlari, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, suv yerlari va tabiatni muhofaza qilish yerlari hisobiga o‘tgani aniqlangan.
Mavzuga oid
08:20 / 26.11.2025
Toshkent viloyatida 8,5 gektar yer uchun 7,3 mln dollar talab qilganlar qo‘lga olindi
07:45 / 25.11.2025
Dunyoda eng unumdor yerlar qayerda? Yangi xarita e’lon qilindi
14:55 / 05.11.2025
Qibray: 54 ming dollarlik “yer bitimi” tezkor tadbirda to‘xtatildi
14:15 / 24.09.2025