Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qirg‘izistonni mag‘lub etib, CAFA-2025 finaliga chiqdi
O‘zbekistonliklar raqib darvozasini to‘rt marta ishg‘ol qildi va guruhda birinchi o‘rinni egalladi. Final 8 sentabr kuni Toshkentda, Eron milliy jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.
Toshkentda CAFA Nations Cup-2025 turniri guruh bosqichi yakunlandi.
O‘zbekiston milliy jamoasi guruhdagi so‘nggi o‘yinni Qirg‘izistonga qarshi o‘tkazib, raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritdi. Gollarga Akmal Mozgovoy, Otabek Shukurov (penaltidan), Igor Sergeyev va Azizbek Turg‘unboyev mualliflik qildi.
Qirg‘iziston milliy jamoasi 1 taymdan ko‘proq vaqt davomida kamchilik bo‘lib o‘ynadi. 44-daqiqada Valeriy Kichin qo‘pollik uchun maydondan chetlatilgan edi.
Bu natijadan so‘ng, O‘zbekiston milliy jamoasi ochkolari sonini 7 taga yetkazib, guruhda birinchi o‘rinni egalladi. O‘mon milliy jamoasida ham shuncha ochko bor, ammo to‘plar nisbati yomonroq. Uchinchi o‘rinni Turkmaniston, to‘rtinchi o‘rinni Qirg‘iziston egalladi.

Musobaqaning B guruhi o‘yinlari Tojikistonda o‘tkazildi. Guruhda Eron 9 ochko bilan birinchi bo‘ldi. Hindiston ikkinchi, Tojikiston uchinchi, Afg‘oniston so‘nggi o‘rinni egalladi.
Endi CAFA Nations Cup-2025 turniri finalida O‘zbekiston va Eron to‘qnash keladi. O‘yin 8 sentabrda Toshkentda o‘tkaziladi.
Uchinchi o‘rin uchun bahs ham shu kuni Tojikistonning Hisor shahrida, Hindiston va O‘mon o‘rtasida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
22:55 / 01.12.2025
Superkompyuter O‘zbekistonning JCh-2026 g‘olibi bo‘lish imkoniyatiga baho berdi
23:12 / 25.11.2025
O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2026 qur’asida uchinchi savatdan joy oldi
21:14 / 21.11.2025
O‘zbekistonda 2026 yilda FIFA Series futbol turniri o‘tkaziladi
22:28 / 19.11.2025