Futbol – millionlarni birlaştiradigan öyin. Ayniqsa, katta turnirlar, jumladan Jahon çempionati yoşu qarini, erkag-u ayolni, har turli soha vakillarini qiziqtiradigan turnirdir. Özbekiston milliy jamoasining Mundialda ilk bor iştirok etişi xalqimiz orasida uşbu turnirga qiziqişni çandon oşirdi. Şu bilan birga, ayrim soha mutaxassislari futbolçilarimizga ğalaba tilaş bilan birga, öz sohalari doirasida foydali fikrlar va maslahatlar bilan ham bölişib turişibdi. Ulardan biri, saytimizning doimiy rezidenti, iqlimşunos Erkin Abdulahatov.

Erkin Abdulahatov, iqlimşunos:

— Özim futbolga qiziqaman. 1998-2000 yillardan boşlab muntazam katta turnirlarni tomoşa qilaman. Öyinlarni kasbim taqozosi bilan taşqi ob-havo muhiti prizmasi orqali ham kuzatib, öyinçilarning holatiga taşqi ta’sirni modellaştirib yuraman. Buni butun dunyo tan olgan – taşqi muhit futbolçilar fiziologiyasiga va öyiniga 20-30 foiz darajada ta’sir körsatadi. Sovuq havo, issiqlik stressi – termoregulyatsiya futbolçilarning harakatlariga, jumladan, töp uzatiş, pressing qiliş, sprint kabilarga, şubhasiz, ta’sir qiladi. Bu ilmiy jihatdan isbotlangan va yangilik emas.

Dengiz sathidan olinadigan balandlik ham şular jumlasidan. Köpçilik toqqa çiqqanida kislorod yetişmasligini his qiladi. Deylik, özimizdagi Amirsoy yoki Araşanga çiqqaningizda tekislikdagi harakatlaringiz va yerdagi harakatlarda farq seziladi. Masalan, tekislikda siz 100 metrni bosib ötişda 11-12 soniya sarflasangiz, yuqorida bu 15-16 soniyani taşkil qilişi mumkin. Çunki yuqorida havoning bosimi pasayadi, kislorod siyraklaşadi. Milliy jamoamiz öynagan Meksikaning Mexiko şahri dengiz sathidan 2240 metr balandlikda joylaşgan. Şuningdek, Toluka şahri ham bor va u 2660 metr yuqorida. Bu Jahon çempionatlari tarixidagi eng yuqori nuqtadagi stadionlar. Biz öynagan “Atsteka” stadionida 1970 va 1986 yillardagi Jahon çempionatlari öyinlari ham ötkazilgan. Öşa paytlarda ham turli OAVlarda bu stadionlarda öynaş qiyinligi haqida öşa yerda töp tepgan jamoalar vakillarining gap-sözlari yoritilgan.

Ta’kidlaşim kerak, men bu omillar haqida öyindan söng çiqib aytmayapman. Men öyindan oldin bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda yozdim. Bunday balandlikdagi öyinlarga futbolçilarning tayyorlanişi uçun ikki variant bor: birinçisi, öyindan 48 soat avval boriş kerak. Bunday holatda ob-havo va bosimga organizm moslaşadi, xolos. Bunda ular töpga fizik ta’sir omillarini örganişga ulgurmaydi. Töpni tepayotganda oddiy tekislikda qanday zarb beriş kerag-u, balandda qanday kuç bilan zarba beriş kerakligini ham örganiş lozim. Buni atrofliça örganiş uçun esa öşa muhitga 10-15 kun avval boriş kerak. Körgan bölsangiz, futbolçilarimiz standart vaziyatlarda töpni uzatayotganda paslar juda noaniq ketdi. Töp doim möljallangan masofadan ötib ketaverdi, ya’ni futbolçining jamoadoşiga uzatilgan töp aniq bormay, 3-4 metr va undan uzoqroq masofaga uçib ketaverdi.