Hindistonning Çattisgarh ştati Ambikapur şahrida oçilgan “Çiqindi kafe” (Garbage cafe)da odamlar ovqat uçun pul tölamaydi. Xörandalarga yegulik ular olib kelgan plastik çiqindi evaziga taqdim etiladi.
Kafe qoidasi juda oddiy: 1 kilogramm plastik çiqindi yiğib topşirgan odam
- guruç;
- ikki xil sabzavot;
- karri (turfa xil ziravorlar aralaşmasi qöşilgan ovqat);
- dal (yasmiq, nöxat, loviyadan tayyorlangan quyuq şörva yoki pyurega öxşaydi, odatda sarimsoq, zanjabil, pomidor qöşib pişiriladi);
- roti (buğdoy unidan tayyorlanadi, tandir yoki tovada yoğsiz qovurib pişiriladi);
- salat va tuzlamadan iborat töliq tuşlik oladi.
Yarim kilogramm plastik çiqindiga esa nonuşta mahsulotlari beriladi.
“Ilgari yiğgan axlatlarimni 10 rupiya (taxminan, ming söm)ga sotardim, bu meni umuman qoniqtirmasdi. Mazkur tizim orqali esa oilamni töydira olyapman, çiqindilarni yiğişga ham umuman oğrinmayapman”, - deydi ştatda istiqomat qiluvçi ayollardan biri Raşmi Mondal.

2019 yilda işga tuşgan uşbu kafe Ambikapur şahar hokimiyati tomonidan moliyalaştiriladi. Ğoya orqali şaharda töplanib qolgan plastik çiqindilarni kamaytiriş hamda uysiz va kam ta’minlanganlarni issiq ovqat bilan ta’minlaş masalasi bir vaqtning özida hal qilinadi.
Tahlillarga köra, kafe oçilgandan beri qariyb 23 tonna plastik yiğib berilgan. 2019 yilda şaharda yiliga 5,4 tonna plastik poligonga yuborilgan bölsa, 2024 yilda bu körsatkiç 2 tonnagaça tuşgan.
Ambikapur hozirga kelib Hindistonning toza şaharlaridan biriga aylangan. Hududning 16 gektarlik çiqindi poligoni yopilib, uning örniga park barpo etilgan va “nol çiqindi” tizimi yölga qöyilgan.

“Çiqindi kafe” tajribasidan taşqari, ayni vaqtda şaharda 480 nafar ayol har kuni eşikma-eşik yurib axlat yiğadi va oyiga 8-10 ming rupiy maoş oladi.

















