Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud vositalarni sotuvga qo‘ygan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
U belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan savdo do‘konida xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan 2 835 dona tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud vositalarni o‘tkazish maqsadida saqlab kelgan.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.M. belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan savdo do‘konida xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan 2 835 dona tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud vositalarni o‘tkazish maqsadida saqlab kelganligi aniqlanib, ushbu vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:10 / 25.11.2025
Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi yangidan belgilab qo‘yildi
17:09 / 26.12.2023
Dori vositalarining narxini tartibga solish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi
19:50 / 04.12.2019