Ma’lum qilinişiça, tezkor tadbir davomida “X.D.D.” MÇJga qaraşli dorixona farmatsevti G.X. fuqaro O.A.ga “Omeprazol” dori vositasini şifokor retseptisiz sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şuningdek, tergovga qadar tekşiruv jarayonida dorixona mudirining moddiy javobgarligida bölgan, qat’iy hisobda turadigan va bemorlarga retsept asosida beriş uçun qabul qilib olingan 10 turdagi jami 2 846 dona tarkibida kuçli ta’sir qiluvçi moddalar mavjud dori vositalarining kamomadi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 271-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravişda egallaş) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.