Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London RF elchisini NATO davlatlariga dronlar bostirib kirgani tufayli chaqirtirdi
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Polsha va Ruminiya havo hududining Rossiya uchuvchisiz uchoqlari tomonidan buzilishini «qabul qilib bo‘lmaydigan holat» va «ehtiyotsizlik» deb atadi.
Foto: Anita Walczewska/Eastnews/IMAGO
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini «Rossiya tomonidan NATO havo hududi sezilarli va misli ko‘rilmagan tarzda buzilganligi» uchun chaqirtirdi. 15 sentabr, dushanba kuni Buyuk Britaniya Tashqi ishlar va hamdo‘stlik hamda taraqqiyot idorasi vakili Rossiya uchuvchisiz uchoqlarining Polshaga, keyin esa Ruminiyaga bostirib kirishiga ishora qilib, bu harakatlarni «qabul qilib bo‘lmaydigan holat» deb atadi.
London Polsha, Ruminiya, Buyuk Britaniyaning boshqa NATO ittifoqchilari va Ukraina bilan birdamlik bildirdi. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Yevropa qit’asi «Rossiya beparvo xatti-harakatlarining ochiq-oydin kengayishi bilan yana bir bor to‘qnash kelganini» va Ukrainani Rossiya agressiyasidan himoya qilish «butun Yevropa, shu jumladan Buyuk Britaniya xavfsizligi uchun juda muhim» ekanini ta’kidladi.
Bayonotda qayd etilishicha, NATO kuchlarining javobi alyans Rossiya harakatlarini juda jiddiy qabul qilishini ko‘rsatadi. Buyuk Britaniya NATO bo‘yicha ittifoqchilari bilan birgalikda yangi texnologiyalar, jumladan, uchuvchisiz uchoqlarni aniqlash va uchuvchisiz uchoqlarga qarshi imkoniyatlardan foydalangan holda alyansning sharqiy qanotidagi mudofaani kuchaytirishda ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
23:06 / 19.12.2025
Turkiya mamlakat hududiga Rossiya droni qulaganini ma’lum qildi
18:13 / 19.12.2025
Britaniya «Rossiya bilan aloqalari tufayli» O‘zbekistonning 4 ta kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi
13:19 / 19.12.2025
Ukraina Oryol, Lipetsk, Voronej va Rostovga dronlar bilan hujum qildi
10:44 / 19.12.2025