Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migratsiya siyosatining yangi tamoyili e’lon qilindi: «keldi – pul ishladi – ketdi»
Ta’kidlanishicha, Rossiya migrantlarni oilasi bilan birga qabul qilishga tayyor emas. Ular pul ishlab topgach, vataniga qaytib ketishi kerak.
Rossiya migratsiya siyosatini yanada qat’iylashtirmoqchi. «Biz migratsiyaga «keldi – pul ishladi - ketdi» tamoyili bo‘yicha yondashamiz», deb ma’lum qildi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov.
Sentyabr oyida Davlat Dumasiga mehnat migrantlariga oila a’zolarini Rossiyaga olib kelishni taqiqlovchi qonun loyihasi kiritildi.
«Hammasi kundek ravshan - odamlar boshqa mamlakatlardan keladi, pul topadi, pul oladi, ketadi. Bizga bu yerda oilalar kerak emas, biz o‘z mamlakatimiz fuqarosi bo‘lmaganlarni o‘qitishga majbur emasmiz... Bu jarayon to‘g‘rilanmoqda. Migratsiyaga, menimcha, hech kim uzoq muddatga tayanishga tayyor emas», dedi Reshetnikov.
Rossiyada migrantlarga nisbatan munosabat 2024 yil mart oyida «Krokus Siti Xoll»da sodir etilgan teraktdan so‘ng keskin yomonlashdi. Hukumat ularning huquqlarini cheklovchi qonunlarni bosqichma-bosqich qabul qilmoqda. Rasmiylar iqtisodiyot migrantlarsiz ishlay olmasligini tan oladi, ammo ayni paytda ular uchun shartlarni kuchaytirmoqda.
Migrantlar oila a’zolarining Rossiyaga kirishiga taqiq qo‘yilishi rasman ijtimoiy infratuzilmaga yuk bilan izohlanmoqda.
«Migrantlarni jalb qilish kerak albatta, lekin biz boshlagan jarayonni yakunlashimiz lozim», deb xulosa qildi Reshetnikov.
Mavzuga oid
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
20:27 / 26.06.2026