Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon «Oltin gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimini ishlab chiqdi
Tizim aerodinamik va ballistik tahdidlarning butun spektriga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan.
Foto: Reuters
«Oltin gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimini yaratish dasturi uchun mas’ul bo‘lgan AQSh kosmik kuchlari generali Maykl Getlayn loyihani ishlab chiqishni yakunladi. Pentagon uning ko‘lami va qiymati haqida batafsil ma’lumot bermadi.
«Hozir dastur ko‘rib chiqilmoqda va hech qanday qo‘shimcha ma’lumot yo‘q, tezkor xavfsizlik ustuvor bo‘lib qolmoqda», deyiladi Pentagon bayonotida.
AQSh prezidenti Donald Tramp may oyida «Oltin gumbaz»ni yaratish 175 milliard dollarga tushishi mumkinligini aytgan edi. Kongressning budjet boshqarmasi kosmik tutqichlar tarmog‘ining o‘zi 542 milliard dollarga tushadi, deb hisoblamoqda. 25 milliard dollarlik transh allaqachon Kongressda ko‘rib chiqilmoqda.
Donald Tramp 2025 yil 28 yanvarda «Oltin gumbaz»ni yaratish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. AQSh hukumati tizim aerodinamik va ballistik tahdidlarning butun spektriga qarshi kurashish uchun mo‘ljallanganini ma’lum qildi. Reuters nashriga ko‘ra, unga radiolokatsion panjaralar, yerdagi tutqichlar, kosmik zondlar va lazer tizimlari kirishi mumkin.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
07:38