Kun.uz Business “Çortoq” işlab çiqariş zavodida bölib, texnik direktor bilan suhbatlaşdi. Kompaniya yiliga 50 mlrd sömdan oşiq soliq tölamoqda, kuniga 700-800 ming, yiliga 80-100 mln dona suv işlab çiqarilyapti. “Çortoq” allaqaçon AQŞdan Koreyagaça bölgan makonda mijozlarini topgan. 

Xöş, qanday qilib oddiy suvdan bunday biznes qiliş mumkin?

“Çortoq” suvi aslida sobiq sovet ittifoqi davrida çiqarilgan “Namangan” suvi bilan bir xil. Faqat ittifoq tarqagandan keyin suv işlab çiqariş ham töxtagan. Oradan ança yillar ötib esa “Çortoq” nomi bilan mahsulot qayta bozorda öz örnini topdi. 

Suv Namangan viloyatining Çortoq tumanidan çiqadi, tabiiy va şifobaxş. Biznesning asosini – tabiiy suvning borligi fakti taşkil qilmoqda. Faqat sifatli uskunalar va tizim yaratildi, jamoa şakllantirildi. 

Bugun suv işlab çiqariş uçun ikki katta zavod işlamoqda, soatiga 24-30 ming, kuniga 700-800 ming, yiliga esa 80-100 million dona “Çortoq” çiqariladi. Mahsulotni vokzallar, aeroportlardan tortib yuqori martabali mehmonlar dasturxonidan ham topasiz. 

Kompaniya texnik direktoriga köra, zavod bor buyurtmalarni töliq qoplaşga ulgurmayapti. Şuning uçun yaqin fursatda yana 3-liniya ham işga tuşişi kerak. Uskunalar – Fransiya, Italiya va Germaniyadan olib kelingan. 

Mahsulot işlab çiqaruvçilarga köra, “Çortoq”ning yutuği – uning ta’mi hamda tabiiyligida. Aslida quduqdan çiqadigan suvning hidi va rangi boşqaça böladi, işlov berişda ular özgartiriladi. Lekin suvning tarkibi mutlaqo özgartirilmaydi. Kompaniya tabiiylikni prioritet qilib olgan. 

Biznes asosçilariga köra, işbilarmonlikda asosiy narsa – halollik. Halollik bor joyda – baraka böladi. “Çortoq” 4,5 mln dollar investitsiya bilan boşlangan, ikkinçi zavodga esa 20 mln dollar tikilgan. Lekin şunday holatlar ham bölganki, işlab çiqaruvçilar qarz olişga ham majbur bölişgan. 

“Qarz qaçon olinadi, qaçonki öşa pul aniq maqsad uçun sarflanişi va rostdan ham ortiga qaytişiga işonilgan paytda”, deydi “Çortoq” texnik direktori.