Jahon | 23:03 / 20.09.2025
2438
2 daqiqa o‘qiladi

Global isish sababli 20 yil ichida hasharotlar soni 70 foizga kamaydi 

Ekspertlar bir ovozdan hasharotlar bioxilmaxilligi inqirozga yuz tutishi mumkinligini aytishmoqda. 

Foto: Dreamstime

Shimoliy Karolina universiteti biologi Keyt Sokman o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, oxirgi yigirma yil ichida inson ta’siri bo‘lmagan hududlarda yashovchi qanotli hasharotlar soni 70 foizga kamayib ketgan.  

Tadqiqot 2004 yildan 2024 yilgacha Koloradoning kimsasiz hududida o‘tkazilgan. Olim hasharotlarning yoz faslidagi zichligini o‘rgangan va yoz qanchalik issiq bo‘lsa, keyingi yilda hasharotlar soni shunchalik kamayganini aniqlagan. Ushbu tadqiqot hasharotlar soni kamayishiga asosiy sabab iqlim o‘zgarishi ekanligini ko‘rsatadi. 

Yaqinda o‘tkazilgan boshqa tadqiqotlar ham bu fikrni tasdiqlaydi. Iqlim o‘zgarishi, ayniqsa, El-Nino siklining kuchayishi kapalaklar, qo‘ng‘ilar va boshqa tropik hasharotlarning kamayishiga olib kelgan. Bu esa ekotizimdagi o‘zaro bog‘liqlikning izdan chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ekspertlar bir ovozdan hasharotlar bioxilmaxilligi inqirozga yuz tutishi mumkinligini aytishmoqda. 

Amerika tabiatshunoslik muzeyi zoologi Jyessika Verning ta’kidlashicha, ekotizim hasharotlarsiz faoliyat ko‘rsata olmaydi va ularning yo‘qolib ketishi boshqa barcha jonzotlarning hayotini xavf ostiga qo‘yadi. Tadqiqot natijalari Ecology jurnalida chop etilgan.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid