Olimlar kelgusi yuz yillik davomida haşarotlar qirilib ketişi mumkinligidan ogohlantirişmoqda. Ulardan keyin haşarot bilan oziqlanuvçi jonivorlar va ular bilan çanglanuvçi ösimliklar ham yöq bölişi mumkin. Bunga yöl qöymaslik uçun tadqiqotçilar qişloq xöjaligini yuritiş tizimini qayta körib çiqişni maslahat berişmoqda - aynan şu sabab haşarotlar yaşaş joylarini yöqotib, pestitsidlardan halok bölişmoqda. Biological Conservation şu haqidagi maqolasi bilan bölişdi.
Kelgusi ön yilliklarda haşarotlarning deyarli yarmi yöqolişi mumkin. Kapalaklar, asalarilar va qönğizlar eng köp jabr köradigan haşarotlar bölişi kutilmoqda, deya ogohlantirişmoqda Sidney universiteti va Xitoy qişloq xöjalik fanlari akademiyasi olimlari. Asosiy sabab - yaşaş joyining yöqolişi.
"Buning natijasi fojiali böladi, zero haşarotlar dunyodagi köp ekotizimlarning asosi hisoblanadi", - deya ta'kidlaşmoqda tadqiqotçilar.
Ular turli mamlakatlardagi haşarotlarning qisqarişiga doir olib borilgan 73 tadqiqotni tahlil qilib çiqişdi. Ma'lum bölişiça, sayyoradagi haşarotlarning umumiy massasi yiliga 2,5 foizga kamayayotgan ekan, bu esa ularning keyingi yuz yillikda yöq bölişiga olib kelişi mumkin.
Olimlarning izohiga köra, intensiv qişloq xöjaligiga ötiş haşarotlarning yaşaş joyini yöqotişiga sabab bölmoqda. Ular şuningdek haşarotlar yöq bölişining boşqa sabablarini ham keltirişmoqda - sintetik pestitsidlar va öğitlardan ifloslaniş, biologik omillar (patogenlar ta'siri, begona turlar tomonidan yöq qilinişi yoki almaşişi) va iqlim özgarişi. Iqlim özgarişi ayniqsa tropik mintaqalarda muhim ahamiyatga ega. Şunday bölsa-da, haşarotlarning qirilişiga asosiy sabab sifatida qişloq xöjaligi etib körsatilmoqda.
"Agar biz oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş usullarimizni özgartirmasak, haşarotlar bir neça ön yilliklardan keyin deyarli yöq bölib ketadi. Buning natijasida esa ekotizimlar fojiali tus oladi", - deya ogohlantirişmoqda hisobot mualliflari.
Haşarotlarning yöqolişi zanjirli reaksiyaga olib keladi - köplab quşlar, sudralib yurvuçilar, yer yuzi va suvda yaşovçi jonivorlar oçlikdan halok böladi. Qişloq xöjaligi ham zarar köradi.
Bu tadqiqot - oldinga taşlangan katta qadamdir, deb hisoblaydi ekolog Jorjina Meys. Biroq u asosiy ma'lumotlar AQŞ va Yevropadan olinganiga e'tiborni qaratmoqda, Janubiy Amerika yoki Afrika haqida esa ma'lumot deyarli yöq va bu mintaqalardagi vaziyatni baholaş qiyin. U yerlarda vaziyat bundan-da murakkab bölişi mumkin.











