Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soxta hujjatlar asosida yer maydonini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Navoiy viloyati Karmana tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbirda o‘tkazildi.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Unda, fuqarolar R.E. va I.K. “Navro‘z” MFY hududida joylashgan yer maydoni sotilishi haqida internet tarmoqlarida e’lonlar berib, yer maydoni o‘ziga tegishli ekanligi haqida soxta hujjatlarni tayyorlab, fuqaro O‘.R.ning ishonchiga kirib, uning nomiga 6,5 sotix yer maydonini rasmiylashtirib berishini va’da qilib, evaziga fuqaro I.K. 325 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:29 / 05.03.2026
Uy-joy qurilishida yer ajratish va ruxsat berish tartiblari tezlashtiriladi
10:20 / 24.02.2026
Yunusobodda 2 gektar yerni 9 mln dollarga sotishga urinish fosh etildi
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026