Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va Germaniya o‘rtasidagi fastfud bo‘yicha uch yillik tortishuv rasman yakunlandi
Turkiya Yevropa Ittifoqida do‘ner fastfudini yagona retsept bilan «an’anaviy tansiq taom» sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazishga harakat qilgan edi.
Foto: Getty images
Turkiya mashhur do‘ner fastfudi (shaurmaning yaqin «qarindoshi», ammo biroz boshqacha shaklda) tufayli Germaniya bilan bahsni davom ettirishdan bosh tortdi. Bu haqda Bild xabar berdi.
Davlatlararo nizo uch yildan ortiq davom etdi. Istanbulda joylashgan Udofed xalqaro do‘ner uyushmasi taomni Yevropa Ittifoqida yagona retsept bilan «an’anaviy tansiq taom» sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazishga harakat qildi.
Turklarning katta jamoasi yashaydigan Germaniyada do‘ner juda mashhur, ammo vaqt o‘tishi bilan uning retsepti nemislarning didiga moslashdi. Biroq, Turkiya Yevropa Ittifoqida do‘nerni an’anaviy retsept bilan - Germaniya uchun odatiy bo‘lgan go‘sht turlari, sabzavot qo‘shimchalari va souslarsiz ro‘yxatdan o‘tkazishga harakat qildi.
Agar Turkiyaning arizasi qondirilsa, Yevropa Ittifoqi bo‘ylab fastfud nuqtalari an’anaviy turk retseptidan ozgina chetga chiqsa ham, taomni do‘ner deb atash huquqiga ega bo‘lmas edi. Bu esa nemislarning qarshiligini keltirib chiqardi. Do‘nerning nemis versiyasini himoya qilish uchun hatto federal hukumat vazirlari ham omma oldida chiqish qildi.
Biroq, endi Turkiya uch yillik muvaffaqiyatsiz kurashdan so‘ng, o‘z talablaridan voz kechdi.
«Do‘nerni an’anaviy turk taomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun berilgan ariza 2025 yil 23 sentabrda qaytarib olindi. Bu avtomatik ravishda protseduraning to‘xtatilishini anglatadi», deb ma’lum qildi Yevrokomissiya.
Ta’kidlanishicha, nemis fastfud sotuvchilari bir paytlar Turkiyadan keltirilgan, ammo bugungi kunda millionlab nemislar tomonidan sevib iste’mol qilinadigan mashhur gazak uchun do‘ner nomini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lganidan xursandligini yashirmayapti.
Mavzuga oid
13:00
O‘zbekiston va Turkiya meva-sabzavot savdosidagi cheklovlarni yumshatishni muhokama qildi
12:57
Deutsche Bahn'da kechikish rekordi: punktuallik 59 foizga tushdi
14:19 / 22.12.2025
Germaniya 2025 yilda oilani birlashtirish bo‘yicha 100 mingdan ortiq viza berdi
13:00 / 22.12.2025