Sudga muqobil, lekin nizoni tez va kamxarajat hal etişda ança samarali - Özbekistonda mediatsiya haqida suhbat
|22:54 / 30.09.20255 80518 min
Özbekistonda nizolarni hal etişning samarali usullaridan biri - mediatsiya instituti şakllanmoqda. Bu şunçaki sudga muqobil emas, balki qarama-qarşilik örniga muloqot, qaror örniga kelişuv. Mediatsiya biznesga, investitsiya muhitiga va jamiyatdagi munosabatlarga qanday ta’sir körsatadi? Mediatsiya sohasidagi xalqaro ekspert, Toşkent mediatsiya markazi direktori Diyorbek Kimsanov bilan suhbatda şular haqida söz boradi.
Keling, oddiy savoldan boşlaymiz: mediatsiya nima?
Rahmat sizga. Mediatsiya mavjud nizoni taraflar ixtiyoriga köra betaraf uçinçi şaxs bölmiş mediator iştirokida hal etiş usulidir. Mediatsiyani sudga muqobil deb bölsa-da, lekin nisbatan tez fursatlarda, murosa yöli bilan va kam xarajat evaziga nizoni hal etiş ança samaralidir.
Nima sababdan hozir Özbekiston uçun mediatsiya muhim?
Buning sabablari bir neçta, sönggi yillarda mamlakatimizda izçillikda katta özgarişlar röy bermoqda. Islohotlar, biznes muhitining yaxşilanişi, ösib borayotgan iqtisodiyot va aholining ortib borişi, bularning barçasi öz navbatida nizolar sonining ortişiga olib keladi. Mediatsiya munosabatlarni buzişga emas, balki ularni saqlab qolişga qaratilgan. Bu, ayniqsa, kiçik biznes uçun ayniqsa muhimdir. Men sizga bir misol keltiraman: aytaylik, Italiyada, ehtimol, temperamenti böyiça Özbekistonga eng öxşaş Yevropa mamlakatlaridan birida, 2023 yilda sudlar tomonidan 175 000 dan ortiq iş mediatsiyaga yönaltirilgan va aksari hal etilgan. Bu iqtisodiy jihatdan juda samarali: sudlar va ijro etuvçi idoralarga ortiqça bosimning oldi olinadi, öz navbatida ularning iş samaradorligi ortadi. Jarayonda iştirok etuvçi biznes esa işini tez bitiradi va jarayonda uziliş bölmaydi.
— Juda qiziq. Özbekistonda mediatsiya qay darajada rivojlanmoqda?
Tan oliş kerak rivojlaniş bor, sezilarli natijalarga ham erişilmoqda. Aytiş mumkinki, biz adolatni ta’minlaş borasida ta’bir joiz bölsa «sokin inqilob» ostonasidamiz. 2019 yilda qabul qilingan qonun hozir amalda, ammo uni yanada takomillaştiriş böyiça iş olib borilmoqda. Aksariyat huquqşunoslarning fikriça, mediatsiyada erişilgan kelişuvlarning bajarilişi taraflar uçun majburiy bölişi zarur. Keyinçalik, Turkiya yoki Italiya tajribasidagi kabi, ayrim toifadagi işlar böyiça sudgaça dastlabki mediatsiya uçraşuvini majburiy qiliş haqida ham gapiriş mumkin böladi. Şu örinda qöşni davlatlarning tajribasi ham diqqatga sazovor. Masalan, Qozoğistonda bu tizim allaqaçon joriy etilgan. Qirğiziston esa qonunçilikka özgartiş kiritiş yölida jiddiy qadam taşladi va «Mediatsiya töğrisida»gi qonunning yangi tahririni birinçi öqişda qabul qildi. Unda kelişuvlarni majburiy bajariş va ayrim iş toifalari uçun mediator bilan dastlabki uçraşuv şart qilib belgilangan.
Ammo gap yuz minglab işlar va majburiy mediatsiya haqida ketmoqda. Özbekistonda bu uçun yetarli mutaxassis bormi?
Mavzuga oid
Hozirgi paytda mediatorlar bizning markazimiz va Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş instituti tomonidan olib borilayotgan dasturlar doirasida tayyorlanmoqda. Mediatsiya böyiça bilim va amaliy könikmalarni rivojlantirişga qaratilgan maxsus dasturlar bosqiçma-bosqiç ta’lim jarayoniga kiritilmoqda. Biroq qilingan işlar hali yetarli emas. Masalan, bugunga qadar maxsus kurslarda 3000 dan ortiq mediator ta’lim olgan bölsa-da, Professional mediatorlar reyestrida faqatgina 1900 dan ortiq mutaxassis röyxatdan ötgan. Bu körsatkiç mavjud talabni qondirişga yetarli emas.
Özbekistonda mediatorlarning umumiy tayyorgarlik darajasini qanday baholaysiz?
Yil sayin mediatorlarimizning umumiy malaka könikmasi tobora ösib bormoqda. Markazimiz mediatorlarni öqitişda faol bölişga harakat qilmoqda: umumiy kurslar va çuqurlaştirilgan «master-klass»lar, doimiy nazorat, xalqaro hamkorlik dasturlari köpayib bormoqda. Şunga qaramay, tan oliş kerakki, ayni paytda sohada standartlaştiriş amaliyoti birmunça sust. Şu bois biz öquv dasturlarini takomillaştiriş, baholaş mezonlarini şakllantiriş, odob-axloq mezonlarini belgilaş va mediatsiya markazlari hamda yuridik firmalar uçun zarur hujjatlarni tayyorlaş ustida işlayapmiz.
Aslida mediatsiya, ayniqsa tijoriy mediatsiya köpinça transçegaraviy nizolarni qamrab, bu bizga yuzlab, balki minglab xalqaro darajada malakalangan mediatorlar bölişini taqozo etadi. Agar biz mahalliy mutaxassislarimizni tayyorlay olmasak, uşbu böşliqni töldirişda boşqa çetdan yetarli malakali mediatorlarni jalb etişga töğri keladi.
Demak, mediatsiya rivojlanişi investitsiya muhitiga ham ta’sir körsatişi mumkinmi?
Şubhasiz. Har qanday özini hurmat qilgan investor dastlab bozorni tadqiq qiliş jarayonidayoq «Bu yerda nizolar qanday hal qilinadi?» degan savolni beradi. Agar mamlakatimizda samarali, tezkor va adolatli nizoni hal etiş mexanizmlarini taklif eta olsak, bu katta ustunlik hisoblanadi. Mediatsiya birinçi galda, Özbekistonda muloqot va huquqiy madaniyat qadrlanişini körsatadi. Şu bilan birga, bu yerda hadiksiz faoliyat yuritiş mumkinligi va suddan taşqari, ammo amaldagi qonunçilikka tayangan holda nizolarni hal qiliş mumkinligidan dalolat beradi.
Investorlar uçun mavjud munosabatlarni saqlab qoliş, mustahkamlaş hamda maxfiylikni ta’minlaş ayniqsa muhimdir. Sud jarayonlari oçiq ötsa, mediatsiyada töliq konfidensiallik kafolatlanadi. Aksariyat biznes sub’yektlari uçun bu hal qiluvçi omil. Şuningdek, vaqt ham juda katta ahamiyatga ega bölib, odatda mediatsiya orqali nizo bir neçta uçraşuvda hal qilinişi mumkin, sudda esa bu oylar, hatto yillarga çözilişi mumkin.
Demak, rivojlangan davlatlarda ham biznesda mediatsiyaga tayaniş holati mavjud?
Ha, hatto 2018 yilda qabul qilingan «Singapur konvensiyasi» (rasmiy nomi «Mediatsiya natijasida tuzilgan xalqaro yaraşuv bitimlari töğrisidagi BMT konvensiyasi») mavjud. Bu tijorat nizolari böyiça mediativ kelişuvlarni tan oliş va ijro etiş böyiça ilk universal xalqaro tizimdir. Masalan, Qozoğiston konvensiyaga allaqaçon qöşilgan, Qirğiziston esa bu yönalişda sönggi bosqiçlarga yaqinlaşmoqda. Bugungi kunda 56 ta davlat uşbu konvensiyaga a’zo. BMT boş kotibi Antoniu Guterriş ta’kidlaganidek, konvensiya «transçegaraviy nizolarni hal etişda yangi davrni oçadi», u «nizolar oqimini konstruktiv yönalişga buriş» va sudlardagi yukni kamaytiriş imkonini yaratadi.
Bundan taşqari, 2025 yil may oyida Xitoy hukumati taşabbusi bilan Xalqaro mediatsiya taşkiloti (IOMed)ni tuziş böyiça xalqaro şartnoma imzolandi. Bu xalqaro jabhadagi har qanday turkumdagi nizoni faqat mediatsiya vositasida hal etişga ixtisoslaşgan ilk hukumatlararo taşkilot hisoblanadi.
Biz sud vakillari bilan faol hamkorlik qilişga intilamiz. Bugun sudyalar mediatsiya bu – raqobatçi emas, balki sud tizimining samaradorligini oşirişda kömakçi mexanizm ekanini yaxşi tuşunadi. Şu bilan birga, sudlar bilan hamkorlikni protsessual qonunçilik asnosida mustahkamlaş zarur. Yuqorida Italiya misolida sudlar yuklamasini aytdik. Afsuski, Özbekistonda sudlar tomonidan taraflarni mediatsiyaga yönaltiriş amaliyoti hozirça mavjud emas. Sudyalar taraflarga tavsiya berişi, tarğib qilişi yoki rağbatlantirişi mumkin, ammo oxirgi qaror baribir taraflar ixtiyoriga boğliq. Şunga qaramay, Oliy sud statistikasi sezilarli natijalarga erişilganini körsatdi. Jumladan, 2024 yilda 6 200 dan ziyod iş mediativ kelişuv tufayli sud muhokamasisiz yakunlanib, sönggi 5 yilda esa umumiy körsatkiç 24 mingdan ortiq nizolar sudlarda mediativ kelişuvi bilan yakunlanganini körsatadi. Ya’ni yil sayin ham mediatsiya orqali hal etilgan nizolar kölami, ham mediatorlar salmoği ortib bormoqda.
Muhimi, sudlar ham taraflarning mediatsiyaga murojaat qiliş niyatiga tösqinlik qilmaydi. Aksinça, ular mediatsiya jarayonini ötkaziş uçun yetarli muddat (60 kungaça) berişlari şart. Agar taraflar kelişuvga erişsa, da’vo arizasi körib çiqilmay qoldiriladi va avval tölangan davlat boji töliq qaytariladi.
Mediatsiya mohiyatan «taraflarning mustaqil qaror qabul qiliş huquqi» tamoyiliga asoslanadi. Bu jarayon taraflarni ortiqça ruhiy yoki boşqa bosimdan saqlaydi. Ular öz xohişiga köra mediatsiyaga kirişi yoki voz keçişi, mediatorni tayinlaş, muzokara mavzusini belgilaş huquqiga ega. Ba’zan mediatsiya jarayonida nizo predmetini töliq muhokama qilmay, uning bir qismi yuzasidan muhokamani mediatsiyaga olib çiqiş mumkin. Şu bilan birga, har qanday taraf istalgan bosqiçda mediatsiyadan çiqib ketişi mumkin va buning uçun unga nisbatan heç qanday huquqiy oqibatlar qöllanmaydi.
Siz mediatsiya va sudlar özaro hamkorlik qilişi mumkinligini aytdingiz. Bu hamkorlikning afzalligi nimada?
Mediatsiya kelişuv bu taraflarning erki namunasi bölib, bu hukm emas, bu — ikki tomonni ham qoniqtiradigan kelişuv. Taraflar yeçimni birgalikda izlaydi va natijada har ikkisi ham yutuqqa ega böladi. Bir tasavvur qiling: bitta mediator yiliga 100 ta nizoni hal qilsa, bu degani 100 ta iş birinçi instansiya sudiga ham, ijro organlariga ham tuşmaydi. Bizda esa minglab mediatorlar ta’lim olgan. Mediatsiya nizolarning sezilarli qismini öziga olsa, natijada sudlarning işi ança yengillaşadi, ularda jiddiy, sud aralaşuviga muxtoj bölgan murakkab işlarga köproq e’tibor qaratiş imkoniyati böladi, sudyalarda esa haqiqiy adolatni ta’minlaş uçun köproq vaqt böladi.
Şubhasiz, sud va arbitraj har qanday nizoga xolis yondaşib, daqiq va qonuniy asoslangan qaror qabul qiladi. Mediatsiyada esa taraflar özlari uçun adolatli deb hisoblagan, bir oz moslaşuvçan, ammo özini qoniqtiradigan kelişuvga kelişlari mumkin. Şuning uçun biz doimo aytamiz: agar qat’iy qonuniy yeçim uçun sud yoki arbitrajga murojaat qiling. Agar maqsad har ikki tomon uçun adolatli bölgan yeçim topiş bölsa, mediatsiya eng töğri yöl.
U holda, mediatsiya rivojlanişidagi asosiy tösiqlar nimalar va nega odamlar unda unça faol iştirok etmayapti?
Faoliyatimiz kamçilikdan xoli emas. Birinçi masala bu — aholi örtasida xabardorlikning yetişmasligi. Köpçilik mediatsiya nima ekani va u qanday yordam berişi mumkinligini töliq bilmaydi. Biz imkon qadar aholini xabardor qiliş böyiça turli ma’rifiy kampaniyalarni amalga oşiryapmiz: roliklar tayyorlayapmiz, intervyular beryapmiz. Eng muhimi, mediatsiya kabi murosaga keltiruvçi institutlar odamlarimiz nizolaşiş raida madaniyatining ajralmas qismiga aylanişi lozim. Şu bois aholiga yetkazilayotgan har qanday axborot ham öziga xos ijobiy qadam hisoblanadi. Ikkinçisi — işonçsizlik. Odamlar, ayniqsa, katta yoşdagi avlod sudga qatnab örgangan. Ayrimlar esa, garçi masalani muzokara yöli bilan hal etiş niyatida bölsa ham, qasddan bosim ötkaziş orqali muzokarada kuçliroq örin egallaş vositasi sifatida suddan foydalanadi. Yana bir masala — bu malakali mediatorlarimizning yetişmasligi, ayniqsa hududlarda. Agar yetarliça malakali mutaxassislar bölsa, ular mediatsiyaning afzalliklarini xalqçil tilda tuşuntirgan bölar edi.
Aytganimizdek, biz mediatorlar hamjamiyati bilan birgalikda uşbu kamçiliklarni bartaraf etiş ustida faol işlaşga intilyapmiz. Eng muhimi, davlat rahbariyatida siyosiy iroda bor. Adliya vazirligi islohotlarning birinçi safida turib faol yordam bermoqda. Oliy sud ham mediatsiya rivojini qöllab-quvvatlayapti. Şunday ekan, yaqin kelajakda jiddiy siljişga erişişimizga umidim katta.
Diyorbek Kimsanov - Mediatsiya sohasidagi xalqaro ekspert, Toşkent mediatsiya markazi direktori
Foto: Toşkent mediatsiya markazi
Biz köproq biznes va investorlar haqida töxtaldik. Endi oddiy odamlar va kundalik hayotiy holatlar haqida söz yuritsak.
Avvalo, mamlakatimizda qöni-qöşnilik va oilaviy şaxsiy munosabatlar yuksak qadrlanadi, jamiyatdagi obro‘-e’tibor esa nihoyatda muhimdir. Şu bois mediatsiya aslida oddiy odamlar uçun ham begona bölmagan, qulay va samarali vositadir.
“Mediatsiya töğrisida”gi qonunimizda mediatsiyaning mehnat, oilaviy yoki boşqa xususiy nizolarda qöllanişi ta’kid ölaroq alohida ajratib körsatilgan. Ayniqsa, meros masalalari eng oğriqli nuqtalardan biri. Yurist sifatida yaxşi bilamanki, köp hollarda mulkni taqsimlaş oilaviy munosabatlarni, aka-uka yoki opa-singillarning, farzandlar va hatto avlodlar örtasidagi aloqalarning yöqotilişiga sabab böladi. Merosga oid sud işlari odatda yillab davom etadi, katta xarajatlar va tiklanmas ruhiy zarbalarga olib keladi. Şu onda odamlar ham muhim narsani unutişadi: kim nima olişidan qat’i nazar, ular baribir «ukangiz» yoki «öğlingiz» yoki «qardoşingiz».Mediatsiya esa boşqa yöl taklif qiladi: unda taraflar moliyaviy va ruhiy jihatlarni hisobga olgan holda birgalikda muvozanatni topişga harakat qiladi. Aslida öşa muvozanat adolatdir.
Mediatsiya jarayon sifatida qanday borişi haqida ham biroz gaplaşsak.
Mediatsiyaning asosiy bosqiçlari haqida töxtalsak böladi. Dastavval taraflar mediatorga murojaat qiladi va uçraşuvlar belgilaydi. Mediator esa jarayon izçilligi va qoidalarini tuşuntiradi, söng har ikki tomonni tinglaydi. Bunda mediator taraflar bilan birgalikda yoki alohida uçraşişi ham mumkin. Keyin esa birgalikda yeçim izlaş jarayoni boşlanadi. Agar kelişuvga erişilsa, mediativ kelişuv şakllantiriladi va imzolanadi.
Mediatsiya uçun tölov qançalik hamyonbop?
Eng avvalo, bu samarali yöl. Qiymati esa işning murakkabligiga qarab alohida belgilanadi. Bir narsa aniq, Özbekistonda mediatsiya uçun tölovlar sud xarajatlariga nisbatan arzonroq. Albatta, ayrim Yevropa davlatlarida narxlar sud bilan deyarli tenglaşgan. Biznesga oid işlarda esa qiymati aksinça yuqoriroq, ijtimoiy masalalarga doir işlarda esa arzonroq böladi.
Şu bilan birga, bizning faoliyatimizda muhim yönalişlardan biri – pro bono mediatsiya, ya’ni aholining muhtoj qatlamlari uçun bepul xizmat körsatiş. Joriy yil Toşkent şahri Yakkasaroy tumani hokimligi bilan memorandum imzolanib, unga köra muayyan toifadagi fuqarolar markazimiz mediatorlari yordamini mutlaqo tekin oliş imkoniga ega böldi. Bu joylarda huquqiy madaniyatni mustahkamlaş yölida muhim qadamdir.
Keling, jahon amaliyotini bilan tugataylik. Dunyoda mediatsiya rivojlanganmi?
Avvalo, bizning mintaqa haqida: bilişimça, Mustaqil davlatlar hamdöstligi mintaqasida hozirça faqat Tojikiston va Turkmanistonda mediatsiyaga oid maxsus qonun mavjud emas. Şu örinda tojik hamkasblarimiz ham bu yönalişda iş olib borayotganidan boxabarmiz. Qozoğiston, Ozarboyjon va Belarus köpinça mediatsiya rivojlanişida yetakçilar sirasida tan olinadi. Rossiya, Moldova, Armaniston, Ukraina kabi davlatlar ham milliy qonunçiligini bu sohada faol takomillaştirmoqda. Qöşni Qirğiz Respublikasidagi jarayonlarni ham katta qiziqiş bilan kuzatib boramiz.
Agar global miqyosida qaraydigan bölsak, Italiya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Singapur, Xitoy va AQŞ bugungi kunda sohada tendensiyani belgilab beruvçi davlatlardir. U yerda mediatsiya keyslari soni köp hollarda sud işlari bilan teng yoki undan ham ortiq. Biz xorijiy hamkasblarimiz bilan doimiy bilim va ma’lumot almaşuvini yölga qöyganmiz, ular ta’lim jarayoniga faol jalb etilgan, köp jabhada qiymatli texnik yordam körsatadi, standartlarni joriy etişda kömaklaşadi. Biz ham çetga borib, örganamiz, tizimlarni tahlil qilamiz va eng yaxşi tajribalarni özlaştirişga intilamiz.
Özbekiston esa jadal rivojlanmoqda — va ayrim yönalişlarda özi ham namuna sifatida tan olinayotgani quvonarli.
Va nihoyat, mediator sifatida sizning orzungiz nimadan iborat?
Bu köproq orzu emas, balki intiliş, Özbekistonda har bir inson «mediatsiya» sözini bilişi, har holda «meditatsiya» bilan adaştirilmasligi va nizoli vaziyatda «sudga boriş kerak» demay, «keling, tinç yöl bilan hal qilaylik», deydigan irodani şakllantirişimiz kerak. Mediatsiya nafaqat nizolarni hal etiş usuli, balki kundalik muloqot madaniyatimiz va pirovardida esa jonajon vatanimiz taraqqiyot yölining muhim qismidir.
Ta’sirlandim. Barçamizga çin dildan muvaffaqiyat tilaymiz.
Darvoqe, bir narsani ta’kidlaşni istardim. Aslida mediatsiya – nizolarni muqobil yöl bilan hal qilişning muhim vositasi bölsa-da, ammo yagona usul emas. Sohada boşqa köplab farqli mexanizmlar ham mavjud: arbitraj, hakamlik sudi, apellyatsiya kengaşlari va boşqalar. Masalan, arbitraj odatda xalqaro tijoriy va boşqa xususiy masaladagi nizolarda samarali qöllanadi. Unda taraflar oldindan kelişib, nizoni mustaqil arbitraj institutiga topşirişadi. Hakamlik sudi esa, öz navbatida, nodavlat sudlov tizimi ölaroq nizo yuzasidan yakuniy va huquqiy kuçga ega qaror çiqariş imkoniyatini beradi. Farq şundaki, arbitraj va hakamlik sudlarida qarorni arbitr yoki sudya qabul qiladi. Mediatsiyada esa taraflar özlari murosa orqali kelişuvga erişadi. Şuning uçun mediatsiya har qanday nizoni hal etiş usuli örnini bosadigan vosita emas, balki keng qamrovli tizimining bir qismi xolos. Vaziyatdan kelib çiqib, taraflar nizoga nisbatan istalgan usulni tatbiq etişlari mumkin. Şu boisdan markazimiz huzurida doimiy faoliyat yuritadigan Hakamlik sudi taşkil etdik. Endilikda Xalqaro tijorat arbitraj sudi faoliyatini yölga qöyişni rejalaştirganmiz. Bu yönalişlarni rivojlantirişni ham maqsad qilganmiz. Keling, bu haqda keyingi suhbatda töxtalamiz.