Jahon | 22:31 / 01.10.2025
12025
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada pedofillar to‘dasi boshlig‘i 35 yilga qamaldi

Uch farzandning otasi 65 yoshli erkak ikki nafar voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani va fohishalikka majburlagani uchun uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Foto: Greater Manchester Police

Britaniyaning Rochdeyl shahrida maktab o‘quvchilarini zo‘rlagan pedofillar to‘dasi rahbariga hukm o‘qildi.

Uch farzandning otasi 65 yoshli Muhammad Zohid ikki nafar voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani va fohishalikka majburlagani uchun 35 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Zohid shu yilning iyun oyida 2001 yildan 2006 yilgacha sodir etgan bolalarga qarshi ko‘plab jinoyatlari uchun aybdor deb topilgan yetti kishidan biri edi. Bu haqda Britaniya ommaviy axborot vositalari, jumladan, The Times xabar berdi.

Manchesterdagi pedofillar to‘dasining fosh etilishi shov-shuvli janjalga sabab bo‘ldi va migrantlarga qarshi ommaviy va ba’zan zo‘ravonlik namoyishlariga olib keldi.

To‘daning barcha a’zolari milliy ozchiliklarga mansub bo‘lgan. Qayd qilinishicha, politsiya irqchilikda ayblanishdan cho‘chib, qizlarning va ijtimoiy xizmat xodimlarining signallarini e’tiborsiz qoldirgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid