Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyaning «raqamli hukumati» ma’lumotlar markazidagi yong‘in tufayli inqirozga uchradi
Yong‘inda davlat xizmatchilarining elektron hujjatlari va ish fayllari saqlanadigan omborxona zarar ko‘rdi - 858 terabayt ma’lumot o‘chib ketdi. Bundan tashqari, ushbu ma’lumotlarning zaxira nusxalari mavjud emas, shuning uchun ularning katta qismi butunlay yo‘qolgan.
Deyarli ikki hafta oldin, 26 sentabr kuni Janubiy Koreyaning Tejon shahridagi Milliy axborot resurslari markazida - davlatning asosiy ma’lumotlar markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda, Janubiy Koreyadagi «Davlat xizmatlari» muqobili va identifikatsiya kartalaridan tortib, davlat idoralarining veb-saytlari va elektron pochtalarigacha bo‘lgan ko‘plab davlat raqamli xizmatlari ishlamay qoldi. Meduza tafsilotlarni keltirdi.
Yong‘inda davlat xizmatchilarining elektron hujjatlari va ish fayllari saqlanadigan omborxona zarar ko‘rdi - 858 terabayt ma’lumot o‘chib ketdi. Bundan tashqari, ushbu ma’lumotlarning zaxira nusxalari mavjud emas, shuning uchun ularning katta qismi butunlay yo‘qolgan. Ayrim narsalarni lokal nusxalar, elektron pochta va qog‘oz arxivlardan tiklash mumkin.
Rasmiylarning tushuntirishicha, ma’lumotlar bazasi juda katta va past unumdorlikka ega bo‘lib, uni qayta tiklash texnik jihatdan imkonsiz edi. Ular tizimni bunday ochiq zaiflik bilan ishlatgani uchun tanqid qilindi.
Bir nechta idoralarning ishi falaj bo‘lib qoldi - masalan, amaldorlarni yollash, ish haqi, sug‘urta va pensiya uchun mas’ul bo‘lgan davlat xizmati vazirligi (Janubiy Koreya aholisining taxminan 2 foizi).
Yong‘in server uskunasini ta’minlagan litiy-ionli batareyaning portlashi tufayli profilaktika ishlari paytida sodir bo‘lgan. Yong‘inni bir sutkacha o‘chirishdi. Bir kishi jiddiy jarohat olgan.
Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon ma’lumotlar markazi ishiga mas’ul bo‘lgan amaldorlarni tanqid qildi.
«Bu hodisani bashorat qilish mumkin edi, ammo uning oldini olish uchun hech narsa qilinmadi. Choralar ish bermagani u yoqda tursin, shunchaki choralar yo‘q edi», dedi u.
Hodisa sabablarining asosiy versiyasi - beparvolik. Politsiya to‘rt kishini hibsga oldi. Janubiy Koreya hukumatining Raqamli innovatsiyalar boshqarmasi amaldorlaridan biri 15-qavatdan sakrab, o‘z joniga qasd qildi. Uning ismi oshkor etilmagan, biroq u markazning tarmoq infratuzilmasini tiklash ishlariga bosh-qosh bo‘lgani ma’lum. Ichki ishlar vazirligining ta’kidlashicha, yong‘in tufayli unga nisbatan politsiya tergovi o‘tkazilmagan.
Bu orada Janubiy Koreya razvedkasiga bo‘ysunuvchi Kiberxavfsizlik milliy markazi trevoga darajasini «diqqat»dan «ehtiyotkorlik»ga ko‘tardi. Bunga yong‘indan keyingi tiklanish jarayonida hakerlar tizimning zaifligidan foydalanishi mumkinligi sabab bo‘lgan.
Yong‘in hakerlik mojarosi avjiga chiqqan paytda sodir bo‘lgan. 24 sentabr kuni Janubiy Koreya parlamentining fan, texnologiyalar, axborot, radioeshittirish va kommunikatsiyalar qo‘mitasi mamlakatning eng yirik kompaniyalari, birinchi navbatda, KT telekommunikatsiya korporatsiyasidagi hakerlik hujumlari bo‘yicha eshituvlar o‘tkazdi. Ushbu tinglovda Koreya universiteti Xavfsizlik oliy maktabi professori Kim Sin Chju yaqinda nafaqat KT va boshqa xususiy kompaniyalar, balki ba’zi davlat idoralari, jumladan, Tashqi ishlar vazirligi va kontrrazvedka, shuningdek, davlat elektron hujjat aylanish tizimi ham buzib kirilganini aytdi.
Shu bilan birga, Kim Sin Chju Phrack hakerlik nashridagi maqolaga ishora qildi, unga ko‘ra, hakerlik hujumlari ortida Kimsuky guruhi turibdi. U Shimoliy Koreya uchun ishlaydi va katta ehtimol bilan Xitoy tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Parlament eshituvidan so‘ng, 26 sentabr kuni Tejon Milliy axborot resurslari markazi inspeksiyasi o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Aynan u yerda Phrack ma’lumotlariga ko‘ra, Kimsuky tomonidan buzib kirilgan davlat idoralari serverlari joylashgan. Inspeksiya 20:00 da boshlanishi kerak edi. Ma’lumotlar markazida batareya portlagani va yong‘in chiqqani haqida o‘t o‘chirish xizmatiga soat 20:20 da xabar kelib tushgan. Hakerlar buzib kirgan serverlar yong‘inda nobud bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:19 / 06.06.2026
Navoiyda mehmonxona oshxonasi yonib ketdi
20:12 / 05.06.2026
Mashinalar isyoni yaqinmi? - Anthropic kompaniyasi sun’iy intellekt tizimlarini sekinlashtirishga chaqirdi
08:50 / 02.06.2026
Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi
20:47 / 01.06.2026