Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boltiqbo‘yi davlatlari Rossiya hujum qilgan taqdirda evakuatsiya rejasini tayyorlamoqda
Reja tafsilotlari hozircha sir saqlanmoqda, u may oyida Estoniya, Latviya va Litva fuqarolik mudofaasi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolaganidan keyin faollashgan.
Foto: Reuters
Estoniya, Latviya va Litva Rossiya hujum qilgan taqdirda aholini evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Reuters hukumat vakillariga tayanib xabar berdi.
«Bu jamiyatimiz uchun biz tayyor ekanligimiz va rejalar tuzayotganimiz haqidagi juda umidli signaldir», dedi Litva TIV rahbari Kyastutis Budris agentlikka.
Reja tafsilotlari hozircha sir saqlanmoqda, deb ta’kidladi agentlik suhbatdoshlari. Rejalashtirish may oyida Estoniya, Latviya va Litva fuqarolik mudofaasi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolaganidan keyin faollashgan.
Litva o‘t o‘chirish xizmati vakilining so‘zlariga ko‘ra, allaqachon yig‘ilish punktlari tanlangan, jumladan, Vilnyusda, evakuatsiya uchun poyezdlar va avtobuslar belgilangan, omborlarda zaxiralar yaratilgan. Mashinada evakuatsiya qilinadiganlarni ikkinchi darajali yo‘llarga yuborib, asosiylarni armiyaga bo‘shatish rejalashtirilmoqda. Aholi uchun boshpana topish mumkin bo‘lgan shaharlar ko‘rsatilgan xarita allaqachon tayyorlangan.
Litvada odamlarni maktablar, universitetlar, cherkovlar va Kaunas shahridagi arenaga joylashtirish rejalashtirilgan. Bunday chora-tadbirlar boshqa shaharlarda ham tayyorlanmoqda. Shu bilan birga, uch davlatdan hech biri hozircha odamlarni chegaralardan tashqariga ko‘chirishni rejalashtirmayapti.
2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanganidan beri Boltiqbo‘yi Rossiya tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlar, jumladan, kiberhujumlar, dezinformatsiya kampaniyalari va dronlar hujumlaridan xavotirni kuchaytirdi.
Rossiyaning NATOga a’zo davlatlarga hujum qilish rejasi yo‘qligi haqidagi bayonotiga qaramay, qirg‘oqbo‘yi respublikalari faol harakat qilishni afzal ko‘rmoqda. Ushbu rejalar Boltiqbo‘yi hukumatlarining ehtimoliy keskinlashuv ssenariylari haqidagi taxminlarining jiddiyligini aks ettiradi.
Ular shuni ko‘rsatadiki, hatto NATOga a’zo davlatlar ham ittifoqchilarning himoyasiga tayanmasdan, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan inqirozlarga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Mavzuga oid
21:50
Rossiya urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishdan «ma’no ko‘rmayapti»
20:24
Jahondagi ziddiyatlar: talaba-yoshlar qanday fikrda?
18:34
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
07:52