Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Robot Figure 03 uy yig‘ishtirish, taom tortish va idish-tovoq yuvishni o‘rgandi
Robot «moslashuvchan» qilib yaratilgan: uyda ishlatish uchun uni odamga xos «kiyintirish» mumkin, zavodda esa boshqa variant ishlatiladi.
Foto: Figure Robotics
Figure Robotics kompaniyasi takomillashtirilgan odamsimon robotning yangi imkoniyatlarini namoyish qildi. Endi Figure 03 roboti uy ishlariga yordam berishi mumkin: tozalash, kir yuvish, idish-tovoqlarni yuvish, taom tortish va hatto narsalarni yetkazib berish.

Model taktil sensorli qo‘llarga ega bo‘lib, ular robotga obektlarni his qilish, ularni xavfsiz saqlash va hatto mo‘rt yoki notekis narsalar bilan ishlash imkonini beradi.

Har bir kaft kameralar bilan jihozlangan. Bu robotga real vaqt rejimida, ayniqsa cheklangan joylarda harakatlarni to‘g‘rilash imkonini beradi. Figure 03 asosida ko‘rish, til va harakatlarni birlashtirgan Helix sun’iy intellekti yotadi.
Robot «moslashuvchan» qilib yaratilgan: uyda ishlatish uchun uni odamga xos «kiyintirish» mumkin, zavodda esa boshqa variant ishlatiladi. Figure 03 yanada yengil va ixcham bo‘lib, simsiz quvvat olishi mumkin.

Hozircha Figure 03 robotining ommaviy ishlab chiqarilish sanasi e’lon qilinmagan.
Mavzuga oid
07:34 / 31.03.2026
Insonga o‘xshash yuz ifodasi: Xitoy robototexnikasi yangi bosqichga chiqdi
22:08 / 24.03.2026
Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari dizaynini keskin o‘zgartirishi kutilmoqda
07:35 / 23.03.2026
Xitoyda robot tennis o‘ynashni o‘rgandi: u 96 foiz aniqlik bilan zarbalarni qaytarmoqda
07:34 / 21.03.2026