Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron: “Agar Rossiya muzokaralarni rad etadigan bo‘lsa, badal to‘lashiga to‘g‘ri keladi”
Emmanuel Makronning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektoridagi nizoni hal qilish borasida erishilgan kelishuv Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatilishiga umid beradi, Ukraina inqiroziga ham chek qo‘yilishi lozim.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqotidan so‘ng Rossiya muzokaralar stoliga o‘tirmaydigan bo‘lsa, buning uchun badal to‘lashiga to‘g‘ri kelishini aytdi.
«Agar Rossiya urishqoqlik ruhida qaysarlik qilsa va muzokaralar stoliga qaytishni rad etadigan bo‘lsa, buning uchun badal to‘lashiga to‘g‘ri keladi», — deb yozdi u X tarmog‘idagi sahifasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektoridagi nizoni hal qilish borasida erishilgan kelishuv Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatilishiga umid beradi, Ukraina inqiroziga ham chek qo‘yilishi lozim.
Ayni paytda Ukraina-Rossiya nizosini hal qilish masalasida pauza kuzatilmoqda.
Sentyabr oxirlarida Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kiyev Rossiya-Ukraina muzokaralarini tiklash bo‘yicha hech qanday signal bermayotganini aytgandi.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026