7 iyul kuni tongda Suriya poytaxti Damaşqda ikki bor portlaş röy berdi.
Hodisa Four Seasons mehmonxonasi yaqinida sodir etilgan – ayni vaqtda Suriyaga taşrif bilan kelgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron aynan şu yerda tunagandi. AFP agentligining xavfsizlik xizmatlaridagi manbasi aytişiça, bombalardan biri çiqindi qutisiga, ikkinçisi – mehmonxona yonida qoldirilgan avtomobilga joylaştirilgandi.
Portlaş oqibatida tört kişi halok bölib, 18 kişi yaralangan.
«Al Arabiya» telekanali muxbiriga köra, Makronning korteji mehmonxonani portlaşdan biroz oldinroq tark etib bölgandi. Yelisey saroyidagilar ma’lum qilişiça, prezident kortejidan portlaş ovozlari eşitilmagan.
Hozirda Makron prezident saroyida bölib turibdi, u yerda Fransiya va Suriya rahbarlari örtasidagi uçraşuv bölib ötmoqda.

Reuters agentligi qayd etişiça, Makron 2024 yil dekabrida Başar Asad hokimiyatdan ağdarilganidan keyingi davrda Suriyaga kelgan ilk Yevropa Ittifoqiga a’zo davlat rahbari böldi. Bundan taşqari, u Fransiyaning 2009 yildan buyon Suriyaga taşrif buyurgan ilk prezidenti böldi.









