Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 770 mingga yaqin xorijlik mamlakatdan chiqarib yuborilishi kerakligi aytildi
Rossiya Federal sud ijrochilari xizmati tomonidan joriy yilning 8 oyi davomida migratsiya qonunchiligini buzgan 35 mingga yaqin xorijlik allaqachon mamlakatdan chiqarib yuborilgan.
1 sentabr holatiga ko‘ra, Rossiya IIV nazorat ostidagi shaxslar reyestrida 770 ming migrant bor, ularning uchdan bir qismi ayollar va bolalardir. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi quyi palata raisi Vyacheslav Volodin ma’lum qildi.
«Endi ularga nisbatan yangi migratsiya rejimi – mamlakatdan chiqarib yuborish rejimi amal qiladi», dedi Volodin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Federal sud ijrochilari xizmati tomonidan joriy yilning 8 oyi davomida migratsiya qonunchiligini buzgan 35 mingga yaqin xorijlik mamlakatdan chiqarib yuborilgan.
Volodin 10 sentabr kuni nazorat ostidagi shaxslar reyestriga kiritilgan chet el fuqarolarining Rossiyada bo‘lish muddati tugaganini eslatdi.
Rossiyada 2025 yil 5 fevraldan boshlab migratsiya qoidalarini buzgan xorijliklarni maxsus reyestrga kiritish boshlandi. Volodinning aniqlik kiritishicha, ro‘yxatga fuqarolik yoki migratsiya maqomini rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni taqdim etmagan, yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan, har yili tibbiy ko‘rikdan o‘tish, daktiloskopiya yoki fotosuratga olish kabi majburiy tartib-qoidalarning belgilangan muddatlarini o‘tkazib yuborganlar kiradi. Shuningdek, reyestrga patent, ishlash uchun ruxsatnoma yoki mehnat shartnomasi muddati o‘tgan migrantlar ham kiritiladi.
Kiritilgan rejim nazoratni kuchaytirish va bir qator huquqlarni cheklashni nazarda tutadi. Ushbu ro‘yxatga tushgan odamlar haydovchilik guvohnomasini ololmaydi, transport vositasini boshqara olmaydi, ko‘chmas mulk yoki avtomobil sotib ololmaydi va sotolmaydi, nikoh tuza olmaydi, bankda hisob raqami ocholmaydi va o‘z mablag‘larini tasarruf eta olmaydi.
«Rossiyada bo‘lish maqomini qonuniylashtirmaganlarning barchasi rejalashtirilgan ketish sanasi, joyi va yo‘nalishini ma’lum qilib, mamlakatimizni tark etishi shart. Aks holda, migrant jarima bilan majburiy chiqarib yuborilishi mumkin. Shundan so‘ng kamida 5 yil davomida uning Rossiyaga kirishi taqiqlanadi», deb tushuntirdi Volodin.
Uning qayd etishicha, yaratilgan tizim migratsiya sohasida tartib o‘rnatish va chet el fuqarolari tomonidan qonunlarga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026