Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Der Klassiker «Bavariya» g‘alabasi bilan yakunlandi
Germaniyada Myunxen klubini hech kim to‘xtata olmayapti.
Foto: Getty Images
Germaniya chempionatida mavsumning eng muhim o‘yinlaridan biri «Bavariya» - «Borussiya Dortmund» o‘tkazildi.
Der Klassiker nomi bilan mashhur bellashuvda myunxenliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinni «Alyans Arena»da 75 mingdan ortiq tomoshabin kuzatdi.
22-daqiqada «Bavariya»ning ingliz hujumchisi Harri Keyn burchak zarbasidan so‘ng to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi.
78-daqiqada «Borussiya» futbolchisi Job Bellingemning xatosidan foydalangan Maykl Olise ikkinchi golni urdi.
84-daqiqada Yulian Brandt o‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni darvozaga kiritib, hisobni qisqartirdi.
«Bavariya» Bundesliga jadvalida 100 foizlik natija bilan peshqadamlik qilmoqda – 7 o‘yin, 7 g‘alaba va 21 ochko. «Borussiya Dortmund» 14 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi.
Mavzuga oid
04:10 / 16.04.2026
«Real» turnirni tark etdi, «Arsenal» yarimfinalda. Kun o‘yinlari
21:37 / 15.04.2026
OFK yangi mavsumdan Chempionlar Ligasi ishtirokchilari sonini oshirmoqchi
11:07 / 15.04.2026
Superliga. «So‘g‘diyona»ning birinchi g‘alabasi va Babayanning iste’fosi
08:50 / 15.04.2026