Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Kiprda Erdo‘g‘anning raqibi va orolni birlashtirish tarafdori g‘alaba qozondi
Tufan Erhyurman Turkiya bilan yaqin munosabatlarni saqlab qolishga va’da berib, xavotirga o‘rin yo‘qligini ta’kidladi. Shuningdek, orolni birlashtirish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash niyatida ekanini ma’lum qildi.
Foto: Philenews
Tan olinmagan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) prezidenti saylovida muxolifatdagi Turkiya Jumhuriyat partiyasi yetakchisi Tufan Erhyurman 63 foizga yaqin ovoz bilan g‘alaba qozondi. Uning raqibi, Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan va Kiprning bo‘linishi tarafdori bo‘lgan amaldagi prezident Ersin Tatar taxminan 36 foiz oldi.
Turkiya Jumhuriyat partiyasi Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga muxolifat hisoblanadi.
Erhyurman natijalarni «Kipr turklarining umumiy g‘alabasi» deb atadi va Turkiya bilan yaqin munosabatlarni saqlab qolishga va’da berib, xavotirga o‘rin yo‘qligini ta’kidladi. Shuningdek, orolni birlashtirish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash niyatida ekanini ma’lum qildi.
Erhyurmanning g‘alabasi muhim siyosiy burilish sifatida qaralmoqda: Kipr masalasini federativ hal qilish tarafdori bo‘lgan muxolifat nomzodi yetakchi pozitsiyaga chiqdi.
Bu geosiyosiy dinamikaga ta’sir qilishi mumkin: ShKTR Turkiyaga juda bog‘liq va Erhyurmanning kursi Anqara va Kiprning ikkinchi (yunonzabon) qismi bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishga olib kelishi mumkin.
Erhyurman jamoasi islohotlar, fuqarolik jamiyatining ko‘proq ishtiroki, tayinlashning shaffofligi va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni va’da qilmoqda.
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi qisman tan olingan davlat bo‘lib, aholisi 300 ming kishidan kam bo‘lgan Kipr orolining shimoliy uchdan bir qismini egallaydi. Faqat Turkiya tomonidan tan olingan va uning iqtisodiy, siyosiy va harbiy yordamiga juda bog‘liq. Turkiya Shimoliy Kiprda o‘z qo‘shinlari kontingentini joylashtirgan, Kipr Respublikasi va BMT uni okkupatsion kuch deb hisoblaydi. ShKTR Islom hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkilotida kuzatuvchi maqomiga ega.
Mavzuga oid
02:08
Oilada kamida uch nafar farzand bo‘lishi kerak – Erdo‘g‘an
14:59 / 09.01.2026
Qora dengizda dron zarbasi oqibatida Elbus tankeri shikastlandi
20:24 / 05.01.2026
Turkiyada giyohvandlik va fohishalik ishi doirasida mashhur seriallar aktyorlari hibsga olindi
17:46 / 30.12.2025