Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatiga qo‘shimcha vakolatlar berilmoqda
“Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaning xususiy sektor uchun jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔹 160 ta “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining moliyaviy mustaqilligini oshirish, ularda shtatlarni egiluvchan boshqarish tizimini joriy qilish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
🔹 Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridagi nasos stansiyalarining 50 foizini 2026 yilda davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berish;
🔹 “Suvchilar maktabi” loyihasi doirasida 141 ta tumanda kamida 3,5 ming gektar yer maydonida o‘quv dala-shiyponlarini tashkil etish.
Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida, ularga quyidagi qo‘shimcha vakolatlar berildi, jumladan:
▪️ moliyaviy holatdan kelib chiqib hamda mavsumga qarab mustaqil ravishda shtat birliklari sonini belgilash;
▪️ suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan davlat budjetiga tushgan tushumning 40 foizi miqdoridagi mablag‘lar hisobidan moddiy-texnik bazani mustahkamlash.
Kooperativ tashkil etilgandan so‘ng yangi hisobot yilidan boshlab “Do‘stlik tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining vazifa va funksiyalari kooperativga o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
07:18 / 05.05.2026
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
18:55 / 19.04.2026