Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Davlat kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi yordamchisi tayinlandi
S.Pol Kapur Qo‘shma Shtatlarning Afg‘oniston, Bangladesh, Butan, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Maldiv orollari, Nepal, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Shri-Lanka bilan diplomatiya, strategik sheriklik va mintaqaviy hamkorlik sohasidagi faoliyatini nazorat qiladi.
Foto: U.S. Department of State
S.Pol Kapur AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi etib tasdiqlandi. U 22 oktabr kuni qasamyod qabul qildi, deb xabar berdi AQSh Davlat departamenti.
Pol Kapur Nyu-Dehlida tug‘ilgan, uning otasi hind, onasi amerikalik. Qo‘shma Shtatlarda ta’lim olgan, Chikago universitetida doktorlik darajasini olgan, Klermont Makkenni kollejida va AQSh Harbiy-dengiz kuchlari aspiranturasida dars bergan, Huver institutining taklif etilgan ilmiy xodimi bo‘lgan.
Pol Kapur Janubiy Osiyoda xavfsizlik va yadroviy siyosat bo‘yicha keng ko‘lamli tadqiqotlari bilan mashhur. Uning bir qancha asarlari yetakchi ilmiy jurnallar va jamoaviy to‘plamlarda nashr etilgan.
AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi lavozimida 2021 yil sentabridan 2025 yil yanvarigacha Donald Lu ishlagan edi.
Pol Kapur Qo‘shma Shtatlarning Afg‘oniston, Bangladesh, Butan, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Maldiv orollari, Nepal, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Shri-Lanka bilan diplomatiya, strategik sheriklik va mintaqaviy hamkorlik sohasidagi faoliyatini nazorat qiladi. Uning vazifalariga xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik, terrorizmga qarshi kurash va infratuzilmani rivojlantirish masalalari kiradi.
Mavzuga oid
13:27
“Hech qachon taslim bo‘lmaslik kerak” – poliglot o‘zbek qizi bilan suhbat
12:26
Tramp o‘z partiyasi oraliq saylovlarda yutqazishi mumkinligini istisno etmadi
08:50
AQShda universitetdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
18:58 / 14.12.2025