Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Toshkent aeroporti qurilishi hududidagi aholi ko‘chiriladi
Aholi xonadonlariga va fermer xo‘jaliklari hududidagi mavjud bino-inshootlariga kompensatsiya to‘lab beriladi.
Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlari tutash hududida Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi munosabati bilan aholi ko‘chiriladi va aholi xonadonlariga va fermer xo‘jaliklari hududidagi mavjud bino-inshootlariga kompensatsiya to‘lab beriladi.
Bu haqda O‘rta Chirchiq tumani hokimligi tomonidan aholi va fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan muloqot o‘tkazildi.
«Bugun aeroport qurilishi bilan bog‘liq tashkiliy yumushlar doirasida tumani hokimi I.Kasimov Xalqobod mahallasi aholisi hamda hududdagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi. Unda aholi xonadonlariga va fermer xo‘jaliklari hududidagi mavjud bino-inshootlariga kompensatsiya to‘lab berilishi, uning tartiblari haqida atroflicha tushuntirish berildi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi loyihasiga 2025 yil 15 oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan start berilgan edi.
Saudiya Arabistonining “Vision Invest”, Yaponiyaning “Sojitz” va Koreyaning “Inhceon” kompaniyalari ishtirokidagi xalqaro konsorsium bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyiha 4 bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda 2,5 milliard dollar evaziga aerovokzal hamda aerodrom quriladi.
Mavzuga oid
18:07 / 11.06.2026
Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
10:45 / 10.06.2026
Ayrim shaharlarda harbiy xizmatchilar uchun ijara kompensatsiyasi oshiriladi
08:38 / 29.05.2026
Xitoy dengiz o‘rtasida dunyodagi eng yirik aeroportni qurmoqda
08:36 / 15.05.2026