«Şaharsozlik renovatsiyasi töğrisida»gi qonun qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.

Qonunga köra, şaharsozlik renovatsiyasini amalga oşiriş uçun quyidagilar asos böladi:

- şaharsozlik renovatsiyasi hududida joylaşgan turar va noturar joylarning eskirganligi, yaşaş va foydalaniş uçun yaroqsiz bölib, avariya holatiga kelib qolganligi;

 - hudud aholisining ijtimoiy hayotiga jiddiy ta’sir qiladigan holatlarning mavjudligi.

Şaharsozlik renovatsiyasi quyidagi turlardan iborat:

- mavjud obektni asosiy konstruksiyasini özgartirmasdan rekonstruksiya qiliş;

- mavjud obektni buziş va böşagan yer uçastkasida buzilgan obekt toifasidagi yangi obektni quriş;

- yaşil hududlarni va boşqa hududiy zonalarni taşkil etiş.

Şaharsozlik renovatsiyasini amalga oşiriş böyiça taklif quyidagi sub’yektlar taşabbusiga köra kiritilişi mumkin:

- davlat taşabbusiga köra;

- huquq egalarining taşabbusiga köra;

- uçinçi şaxslarning taşabbusiga köra.

Vazirlar Mahkamasi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari huzurida şaharsozlik renovatsiyasini qöllab-quvvatlaş jamğarmalari taşkil etiladi.

Qonunga köra, huquq egalari bilan oçiq muhokama renovatsiya loyihasining konsepsiyasi işlab çiqilgan kundan e’tiboran 2 oy içida ötkaziladi. Oçiq muhokamada obektlarni renovatsiya loyihasiga kiritiş uçun har bir obekt egalarining kamida 4/5 qismining notarial tasdiqlangan yozma roziligini oliş renovatsiyani amalga oşirişning majburiy şartlaridan biridir.

Mulk egasi renovatsiya loyihasini amalga oşirişda öz xohişiga köra kompensatsiya olişi yoki hissa qöşuvçi sifatida iştirok etişi mumkin.

Kompensatsiya quyidagi şakllarga ega bölgan ketma-ketlikda bölişi mumkin:

- şaharsozlik renovatsiyasi amalga oşiriladigan hududda yangi quriladigan turar va noturar joy toifasidagi obektni mulk qilib beriş;