Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga keyingi hafta sovuq va nam havo oqimlari kirib keladi
O‘zbekistonda noyabr oyi boshida havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda. 3 noyabr kuni respublika hududiga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi. Kechalari harorat 0…+3 darajani tashkil etadi.
O‘zbekistonda noyabr oyi boshida havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi.
Xususan, 3 noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4–6 noyabr kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
3–5 noyabr kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi.
4–6 noyabr kunlarida esa havo harorati asta-sekin pasayadi va kechalari 0…+3 darajani tashkil etadi, ba’zi joylarda sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari +8…+13 darajagacha bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:35 / 03.07.2026
Shanba kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
11:52 / 03.07.2026
O‘zgidromet kuchli yomg‘irlar va sel xavfi haqida ogohlantirdi
08:49 / 30.06.2026
O‘zgidromet: iyul oyida O‘zbekistonda kuchli issiqlar kutilmoqda
15:36 / 29.06.2026