Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 35 nafar bolani Rossiyadan qaytardi
Rossiya hududida ona-ota qarovisiz, nazoratsiz yoki og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan 35 nafar o‘zbekistonlik voyaga yetmagan bola vatanga qaytarildi. Jarayon elchixona, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida tuzilgan ishchi guruh ishtirokida amalga oshirildi.
“Dunyo” axborot agentligi xabariga ko‘ra, ishchi guruh avvalo Sankt-Peterburg, Chelyabinsk va Moskva shaharlarida nazoratsiz qolgan yoki og‘ir ijtimoiy ahvolda bo‘lgan 16 nafar bolani aniqladi va ularning O‘zbekistonga qaytishiga ko‘maklashdi. Shuningdek, Yekaterinburg, Volgograd, Ufa, Nijniy Novgorod, Xakasiya, Moskva viloyati, Mahachqal’a va Novosibirskdan yana 19 nafar ota-ona qarovisiz qolgan bolaning yurtga qaytishi ta’minlandi.
Voyaga yetmaganlarning shaxsiy ma’lumotlarini aniqlash, qaytarish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda boshqa tashkiliy masalalar Rossiya Federatsiyasining vakolatli organlari bilan hamkorlikda hal etildi.
Elchixona va mas’ul idoralar tomonidan ko‘rilayotgan bunday chora-tadbirlar O‘zbekiston fuqarolari, ayniqsa bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Mavzuga oid
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
10:05 / 03.07.2026
Rossiya Ukraina shaharlariga yangi hujumlar uyushtirdi
09:55 / 03.07.2026