Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga olib kelindi
O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi hamkorligida og‘ir moddiy ahvolga tushgan fuqaro va uning ikki farzandiga konsullik yordami ko‘rsatilib, vatanga qaytarildi.
“Dunyo” AA ma’lumotiga ko‘ra, Bosh konsulxona tomonidan oila a’zolariga zarur konsullik hujjatlari rasmiylashtirildi, moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi.
Fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarish uchun qaytish sertifikatlari tayyorlanib, Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan aviachiptalar xarid qilindi.
Rasmiylar ta’kidlashicha, ko‘rilgan chora-tadbirlar Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi — fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilganini tasdiqlaydi.