Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yanvardan tibbiyotda «xalq bahosi» tizimi joriy etiladi
Prezident insonlarning talab va ehtiyojlari o‘zgarganini ta’kidlab, noyabr–dekabr oylarida qattiq tayyorgarlik ko‘rilib, yanvardan tibbiyotda fuqarolarning bevosita bahosini eshitadigan tizim yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. 26 ta markaz direktori hamda viloyat–tuman rahbarlari bir oylik aniq rejalar asosida ishlashga o‘tadi.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, jamiyat dunyoqarashi va ehtiyojlaridagi tub o‘zgarishlar tibbiyotda ham sifatni oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etishni talab qilmoqda. Shu bois noyabr–dekabrda tayyorgarlik kuchaytiriladi, yanvardan esa «xalq bahosi»ni muntazam eshitib borish mexanizmi ishga tushiriladi.
Unga ko‘ra, 26 ta respublika markazi direktorlari, shuningdek viloyat va tuman sog‘liqni saqlash rahbarlari hamda oilaviy poliklinika mudirlari bir oylik aniq reja bilan ishlaydi.
Ushbu rahbarlar TV va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam chiqib, zimmasidagi vazifalarni, hududlarda ko‘p uchrayotgan kasalliklarni va ularni qanday kamaytirish bo‘yicha rejalarini jamoatchilikka ochiq e’lon qiladi.
Aholiga sog‘liqni asrash, vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tish, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollik haqida muntazam murojaatlar uyushtiriladi.
Markaz rahbarlari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha eng og‘ir tuman va mahallaga borib, bir oy qoladi, kasalliklar sabablarini o‘rganib, Yechim ishlab chiqadi va joylardagi shifokorlarga amaliy o‘quv o‘tkazadi.
Kutilishicha, ushbu chora–tadbirlar tizimning shaffofligi va javobgarligini kuchaytiradi, profilaktika hamda birlamchi bo‘g‘in samaradorligini sezilarli oshiradi.
Mavzuga oid
20:28 / 03.06.2026
O‘zbekistonlik shifokor 5000 kilometr masofadan turib operatsiya o‘tkazdi
11:45 / 24.02.2026
Har payshanba - vazirlik va hokimliklarda «Yoshlar kuni» bo‘ladi
11:08 / 24.02.2026
«22 milliondan ziyod yoshlar timsolida katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz» – prezident
08:44 / 24.02.2026