Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda prezident tashabbusi bilan uchta yirik ekologik loyiha ishga tushiriladi
Rossiyaning "Karavan Info" axborot agentligida e’lon qilingan maqolada ta’kidlanishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda atrof-muhit holatini tubdan yaxshilashga qaratilgan "Toza havo", "Chiqindisiz toza O‘zbekiston" va "Ekomeros" kabi uchta yirik ekologik loyihaga start berildi.
Rossiyaning "Karavan Info" axborot agentligida "O‘zbekistonda prezident tashabbusi bilan uchta yirik ekologik loyiha ishga tushiriladi" nomli maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Maqolada qayd etilganidek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ishlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda mamlakatda atrof-muhit holatini tubdan yaxshilashga qaratilgan uchta yirik loyihani amalga oshirishga start berdi.
Ushbu "Toza havo", "Chiqindisiz toza O‘zbekiston" va "Ekomeros" loyihalari aholi uchun qulay ekologik sharoit yaratish, hududlarning barqaror rivojlanishini ta’minlashni maqsad qiladi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, muhim tashabbuslardan biri — "Toza havo" loyihasidir. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimovning "O‘zbekiston 24" telekanaliga aytganidek, ushbu loyiha doirasida yagona ekologik monitoring markazi tashkil etiladi. Birinchi va ikkinchi toifadagi sanoat korxonalarini zamonaviy filtr va tozalash inshootlari bilan jihozlash asosiy qadam sifatida belgilangan. Bu chora-tadbirlar atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishini sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qiladi.
Yana bir yirik tashabbus — "Chiqindisiz toza O‘zbekiston" loyihasi bo‘lib, u chiqindilarni to‘plash, qayta ishlash va utilizatsiya qilishning mutlaqo yangi, zamonaviy tizimini yaratishni nazarda tutadi. Prezident ushbu yo‘nalishda xususiy sektorni faol jalb etish bo‘yicha alohida ko‘rsatma bergani ta’kidlanadi.
"Ekomeros" deb nomlangan uchinchi loyiha esa O‘zbekistonning noyob tabiiy boyliklarini asrashga qaratilgan. U muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, qo‘riqxonalar va milliy bog‘larni muhofaza qilish va rivojlantirish, biologik xilma-xillikni saqlash, ekologik muvozanatni ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Maqolada ta’kidlanishicha, ushbu loyihalarning amalga oshirilishi O‘zbekistonda ekologik xavfsizlikni kuchaytirish, aholi hayot sifatini oshirish va barqaror rivojlanishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
11:45 / 24.02.2026
Har payshanba - vazirlik va hokimliklarda «Yoshlar kuni» bo‘ladi
11:08 / 24.02.2026
«22 milliondan ziyod yoshlar timsolida katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz» – prezident
08:44 / 24.02.2026
Toshkentda 5 ta nimstansiya quriladi va tarmoqlar modernizatsiya qilinadi
08:22 / 24.02.2026