Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa AQShga Tramp tinchlik rejasiga qarshi takliflarni yubordi
Yevropa davlatlari kelajakdagi dunyoning barqarorligini ta’minlash uchun tinchlik rejasini tuzish jarayonida ishtirok etishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Foto: Michael Kappeler / dpa
Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya hukumatlari shu hafta taqdim etilgan Amerikaning Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasidan hayratda qoldi. Natijada yevropaliklar Janubiy Afrikadagi G20 sammiti doirasida AQSh taklifi bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini kelishib oldi, deb yozdi Germaniyaning Der Spiegel nashri.
Ta’kidlanishicha, Germaniya va Ukrainaning boshqa asosiy tarafdorlari Tramp rejasining hozirgi ko‘rinishini rad etmoqda. Loyiha baza bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lsa-da, uning ustida ishlashni davom ettirish kerak, deyiladi G20 sammiti doirasidagi favqulodda yig‘ilishdan so‘ng e’lon qilingan bayonotda.
Yevropa davlatlari kelajakdagi dunyoning barqarorligini ta’minlash uchun jarayonda ishtirok etishga tayyor ekanligini ta’kidladi. Ta’kidlanishicha, munozarali 28 banddan iborat rejaning sezilarli darajada qayta ishlangan versiyasi Qo‘shma Shtatlarga yuborilgan. Tafsilotlar hozircha oshkor etilmadi.
Yevrokengash raisi Antoniu Koshta, o‘z navbatida, YeI Ukrainada tinchlik o‘rnatish borasidagi AQSh sa’y-harakatlarini olqishlashini aytdi. Ammo AQSh prezidenti Donald Trampning 28 ta bandi «qayta ishlashni talab qiladi».
«Men Yevropa Ittifoqining barcha 27 yetakchisini dushanba kuni Luandada bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi - Afrika Ittifoqi sammiti doirasida Ukraina bo‘yicha maxsus uchrashuvga taklif qildim», dedi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Avvalroq, Yevropa, Kanada va Yaponiya yetakchilari Trampning tinchlik rejasidagi nomaqbul bandlarni aytgani haqida xabar berilgandi. Ular 28 banddan iborat rejada adolatli va mustahkam tinchlik o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan «muhim elementlar» mavjudligini tan olishdi, ammo nozik tomonlari ham bor. Shuning uchun yevropaliklar Tramp rejasining kamida 4 ta bandini o‘zgartirmoqchi. Avvalo, yevropaliklar hududlarni bo‘lish, ya’ni butun Donbass va Qrimni Rossiyaga tegishli deb tan olish taklifiga rozi emas.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:21
OAV: London Ukrainaga RFning 9 mlrd yevrolik aktivlarini topshirishga tayyor
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40