Fox News telekanali xabar berişiça, Janubiy Karolina gubernatori Henri Makmaster Lindsi Gremning singlisi Darlin Grem Nordonni AQŞ Senati a’zosi etib tayinladi. U marhum senatorning vakolatlarini vaqtinça davom ettiradi.
«Lindsining işini uning kenja singlisi Darlin davom ettirişini söraş men uçun katta şaraf», — dedi gubernator Makmaster.
Prezident Donald Tramp ham mazkur qarorni qöllab-quvvatlab, Truth Social ijtimoiy tarmoğida Darlin Grem Nordonning tayinlanişi akasi xotirasiga munosib ehtirom bölişini ta’kidladi.
Tayinlov Lindsi Gremning tösatdan vafot etganidan ikki kun ötib amalga oşirildi. Respublikaçilar partiyasi Senatdagi nozik köpçilikni saqlab qoliş maqsadida uşbu masala böyiça tezkor qaror qabul qildi.
2027 yil yanvargaça senator bölib işlaydi
Fox News Digital ma’lumotiga köra, senatorlik örniga boşqa nomzodlar, jumladan Janubiy Karolina vitse-gubernatori Pem Evett, Kongressning sobiq a’zosi Trey Goudi va sobiq senator Jim Demint ham körib çiqilgan.
Biroq yakunda Darlin Grem Nordon tanlandi. U kamida 2027 yil 3 yanvargaça senator vazifasini bajaradi. Şu yil noyabr oyida bölib ötadigan saylovlarda esa saylovçilar mazkur öringa keyingi olti yillik muddat uçun yangi senatorni tanlaydi.
Lindsi Grem Kiyevga taşrifidan söng vafot etgandi
71 yoşli Lindsi Grem 11 iyul kuni aortaning qatlamlanişi oqibatida tösatdan vafot etdi.
Vafotidan bir kun avval u Kiyevga taşrif buyurib, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşgan, şuningdek, SkyFall mudofaa kompaniyasining dronlar işlab çiqariş zavodiga borgan edi. Uçraşuvlarda Rossiya va uning ittifoqçilariga qarşi sanksiyalarni kuçaytiriş hamda Ukrainaga yordam masalalari muhokama qilingan.
Lindsi Grem Rossiya siyosatini keskin tanqid qilib kelgan va Ukrainaning eng faol qöllab-quvvatlovçilaridan biri sifatida tanilgan.
Tramp: «U haqiqiy amerikalik vatanparvar edi»
Donald Tramp marhum senator xotirasiga bağişlangan bayonotida uni «özi bilgan eng buyuk senatorlardan biri» deb atadi.












