Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada korrupsionerlarning qarindoshlaridan yagona uyini musodara qilishga ruxsat berildi
Konstitutsiyaviy sud bunday amaliyotning qonuniy ekanini tasdiqladi.
Rossiya Konstitutsiyaviy sudi (KS) korrupsionerlarning qarindoshlari va aloqador uchinchi shaxslarning mol-mulkini, shu jumladan yagona uy-joyini, hatto u qisman qonuniy mablag‘lar evaziga sotib olingan bo‘lsa ham, musodara qilishni qo‘llab-quvvatladi.
Qarorga ikki arizachi - Yelena Labuzova va Olga Korolning shikoyatlari sabab bo‘lgan.
Birinchi holatda KS Orenburg viloyatining sobiq ta’lim vaziri Vyacheslav Labuzovning qizi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u noqonuniy yo‘l bilan topilgan mablag‘ evaziga 855 kvadrat metr yer uchastkasini sotib olgan va qizining nomiga rasmiylashtirgan. Keyinchalik qizi bu yerda o‘z hisobidan uy qurgan. Ammo sud uni jinoiy pullar evaziga yaratilgan mulkning ajralmas qismi deb topdi va musodara qildi.
Olga Korol pora sifatida olgan va kuyoviga rasmiylashtirgan ikkita kvartirasidan ayrildi. KS korrupsiya bilan bog‘liq mol-mulkka egalik qilish, u kimning nomiga rasmiylashtirilganidan qat’i nazar, mumkin emasligini ta’kidladi. Sud, shuningdek, 2024 yil oktyabr oyida korrupsiya natijasida olingan mol-mulkni o‘zgartirish yoki ko‘paytirish uning musodara qilinishiga to‘sqinlik qilmasligi bo‘yicha yondashuvni mustahkamlaganini eslatdi.
«KS Labuzova va Korolning shikoyatini ko‘rib chiqishdan bosh tortdi. Shu bilan birga, sud korrupsiya natijasida olingan pul, qimmatbaho buyumlar va boshqa mol-mulkni aybdor shaxsning foydalanishida saqlab turish bunday ijtimoiy xavfli va g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarga olib kelishi mumkinligini tushuntirdi», deyiladi xabarda.
Ekspertlarning fikricha, KS qarori korrupsiyaviy daromadlar bilan bog‘liq bo‘lsa, hatto yagona uy-joyni ham olib qo‘yish amaliyotini mustahkamlaydi. Huquqshunos Oleg Zaxarovning fikricha, bu korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytiradi, biroq korrupsionerlarning qarindoshlari uchun xavf tug‘diradi, ular mablag‘lar manbasining qonuniyligini tekshirmasa, o‘z mol-mulkidan mahrum bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
15:47 / 13.06.2026
Poraxo‘rlik jinoyati ishtirokchilari muddatidan ilgari ozod qilinmaydi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
09:15 / 13.06.2026
Davlat organi va bank tizimidagi korrupsiya holatlari aniqlandi
18:28 / 12.06.2026