Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev yevrokomissarlar delegatsiyasi bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidenti Yevropa Ittifoqi bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 noyabr kuni amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Yevropa Ittifoqining Xalqaro sherikliklar bo‘yicha komissari Yozef Sikela hamda Kengayish masalalari bo‘yicha komissari Marta Kos boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni joriy yil oktabr oyida Bryusselga oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish orqali rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston – Yevropa munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani, ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning yangi keng qamrovli kun tartibi shakllangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bu yil Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (KShHB) imzolandi, Samarqand va Bryusselda sammitlar bo‘lib o‘tdi, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi yuzasidan Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralar yakunlandi.
Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash qariyb 7 foizga o‘sdi. KShHBning amaliyotga joriy etilishi savdo hajmi va investitsiyalar oqimining sezilarli darajada oshishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Savdoni kengaytirish va diversifikatsiya qilish uchun hamkorlikning institutsional mexanizmlarini yanada takomillashtirish, sanoat kooperatsiyasi, transport, raqamlashtirish, muhim minerallar, energetika, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor sohalarda hamda yangi qo‘shma investitsiya loyihalarini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
17:52 / 24.12.2025
Prezident Surxondaryoni investitsiya va aholi daromadi eng tez o‘sadigan hududga aylantirish vazifasini qo‘ydi
14:00 / 24.12.2025
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev kelgusidagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdi
23:25 / 23.12.2025
To‘qimachilikda ishlab chiqarish hajmini 147 trillion so‘mga yetkazish maqsad qilindi
20:24 / 23.12.2025