O‘zbekiston | 09:56 / 28.11.2025
1127
2 daqiqa o‘qiladi

Qishloq xo‘jaligi yerlari normativ qiymatini aniqlash tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, normativ qiymat daromadli yondashuv asosida, yer kadastri va tuproq sifat ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda hisoblanadi va davlat yer kadastriga kiritiladi.

Foto: Kun.uz

Hukumat qarori (744-son, 26.11.2025 y.) bilan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning normativ qiymati quyidagilarni hisobga olgan holda aniqlanadi:

  • belgilangan normativ ko‘rsatkichlar;
  • yer kadastri ma’lumotlari;
  • ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari tuzilmasi;
  • tuproqning bonitet balli.

Hisob-kitoblar foyda va rentabellikka asoslangan daromadli yondashuv orqali amalga oshiriladi.

Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlari normativ qiymatni aniqlash obekti hisoblanadi.

Normativ qiymatni aniqlash:

  • Qishloq xo‘jaligi vazirligining “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan amalga oshiriladi;
  • natijalari davlat yer kadastriga kiritiladi.

Har bir qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari va boshqa baholangan yerlarning normativ qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma tuziladi.

Ushbu ma’lumotnoma:

  • qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisiga topshirish uchun
  • “Elektron hukumat” tizimi orqali Soliq qo‘mitasiga yuboriladi.

Normativ qiymatning hisob-kitobi natijalari ming so‘mgacha bo‘lgan aniqlikda taqdim etilishi belgilangan.

Mavzuga oid