Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi bilan uchrashdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazib, O‘zbekiston prezidentining Yaponiyaga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi.
Saida Mirziyoyeva Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Kenji Xirata bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda asosiy e’tibor O‘zbekiston prezidentining Yaponiyaga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik masalalariga qaratildi. Tomonlar mazkur tashrif doirasidagi tadbirlar samaradorligini ta’minlash, o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun ikki tomonlama kun tartibini mazmunan boyitish zarurligini ta’kidladilar.

Suhbat chog‘ida, shuningdek, ta’lim sohasidagi qo‘shma loyihalarni, tibbiyot yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tashabbuslarni, madaniy hamkorlik doirasidagi rejalarni muhokama qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Saida Mirziyoyeva Yaponiya hukumatiga, xususan, ta’lim va tibbiyot loyihalarini qo‘llab-quvvatlayotgani, madaniy tashabbuslarga, jumladan Osaka va Tokioda ko‘rgazmalar o‘tkazish rejalarini amalga oshirishda ko‘rsatayotgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston–Yaponiya munosabatlarini siyosiy, iqtisodiy va gumanitar yo‘nalishlarda yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanini tasdiqladi.
Mavzuga oid
15:12 / 09.06.2026
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
17:54 / 06.06.2026
Qo‘g‘irchoq teatri san’ati an’analarini asrab qolish alohida ahamiyatga ega – Saida Mirziyoyeva
18:54 / 05.06.2026