Uning qayd etishicha, Fransiya O‘zbekistonning Yevropadagi eng muhim strategik hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik energetika, transport, infratuzilma, ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi qator ustuvor sohalarni qamrab olgan.

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ishonchli va barqaror hamkor sifatidagi mavqeini saqlab qolgan holda, Fransiya va umuman Yevropa davlatlari bilan o‘zaro manfaatli sheriklikni kelgusida ham izchil mustahkamlash niyatida ekanini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi konstruktiv muloqot va amaliy hamkorlikni kengaytirish har ikki tomon uchun muhim ahamiyat kasb etadi.














