Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida ta’mirlash ishlari sabab transport harakati vaqt-vaqti bilan to‘xtatiladi
3 dekabr kuni Qamchiq dovonidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 110-kilometrida elektr tarmoqlari simlarini ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli, ushbu hududda soat 17:00 gacha transport harakati vaqt-vaqti bilan to‘xtatiladi. Haydovchilardan vaziyatni to‘g‘ri tushunish va YPX xodimlarining ko‘rsatmalarini bajarish so‘raldi.
Qamchiq dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 110-kilometrida elektr tarmoqlari simlarini ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan 3 dekabr kuni soat 17:00 gacha ushbu hududda transport vositalari harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi.
Ma’lumotga ko‘ra, harakat xavfsizligini ta’minlash va tirbandlikning oldini olish maqsadida Yo‘l-patrul xizmati xodimlari mazkur yo‘l uchastkasida xizmat olib bormoqda.
Dovon yo‘lidan harakatlanuvchi haydovchilardan vaziyatni to‘g‘ri tushunish, tartibga soluvchi xodimlarning ishora va ko‘rsatmalarini bajarish, shuningdek, harakatlanish tezligini me’yorga muvofiq saqlash so‘ralmoqda.