Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda 13 yoshli bola qarindoshlarining qotilini 80 000 tomoshabin oldida qatl qildi
Afg‘onistonning «Tolibon» harakati 13 yoshli bolani o‘ndan ortiq qarindoshlarini o‘ldirishda ayblangan shaxsni omma oldida qatl etishga majbur qilgan.
Foto: Videodan kadr
Qatl Xost provinsiyasidagi stadionda bo‘lib o‘tdi, u yerda 80 mingga yaqin odam to‘plandi, deb yozdi The Independent. BMT sodir bo‘lgan voqeani «shafqatsiz va g‘ayriinsoniy» deb atadi.
Mangal Fard ismli erkak va uning ikki o‘g‘li o‘smirning 13 nafar oila a’zosini, jumladan, bir necha bola va ayollarni o‘ldirganlikda ayblandi, deb yozdi Amu.tv.
Jabrlanuvchilarning qarindoshlariga jinoyatchini kechirish taklif etildi, biroq ular rad etib, o‘lim jazosini qo‘llashni talab qildi. Fardning o‘g‘illari ham o‘lim jazosiga hukm qilindi, biroq ular mamlakatda yo‘qligi sababli jazo «kechiktirildi».
The Taliban carried out a public execution of a man in a stadium before 80,000 spectators in Khost province!
— Nilofar Ayoubi 🇦🇫 (@NilofarAyoubi) December 2, 2025
What's even more alarming is that @AmuTelevision repors the executioner was a 13-year-old boy who pulled the trigger !!
This should Trigger a warning to the world.… pic.twitter.com/qbRpEPjPpn
Erkak Afg‘onistonning barcha uchta instansiyasi - quyi, apellyatsiya va Oliy sudi o‘lim hukmini tasdiqlaganidan so‘ng otib o‘ldirilgan, yakuniy ma’qullash esa mamlakat oliy rahbari Hibatulloh Oxundzoda tomonidan chiqarilgan.
Qayd etilishicha, «Tolibon» vakillari qatlni tomosha qilishga kelganlarga kamerali telefonlarni olib kirishni taqiqlagan. Afg‘onistonlik jurnalist va huquq himoyachisi Nilufar Ayyubiy tomonidan e’lon qilingan videoda qatl marosimi bo‘lib o‘tgan stadion atrofida odamlar to‘planganini ko‘rish mumkin.
BMT o‘zining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Richard Bennett orqali ushbu ommaviy qatlni «g‘ayriinsoniy, shafqatsiz va xalqaro huquqqa zid» deb qoraladi.
Ta’kidlanishicha, bu «Tolibon» Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritganidan beri amalga oshirgan o‘n birinchi qatl.
Mavzuga oid
20:27 / 02.12.2025
Tojikiston afg‘on chegarasini qo‘riqlash uchun Rossiyadan harbiy yordam so‘radi
19:03 / 02.12.2025
Tojik-afg‘on chegarasida yana ikki xitoylik halok bo‘ldi, Xitoy xavfsizlikni ta’minlashni talab qildi
17:36 / 02.12.2025
Termiz – Hayraton ko‘prigi orqali fuqarolar harakati tiklandi
22:44 / 28.11.2025