Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birinchi «Markaziy Osiyo – Yaponiya» sammiti Tokioda o‘tkaziladi
Yaponiya hukumati sammitni 19-20 dekabr kunlari o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Yaponiya hukumati 2025 yil 19-20 dekabr kunlari Tokioda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyoning beshta davlati bilan sammitni tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Nippon xabar berdi.
Shuningdek, Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi va Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
Bunday sammitni o‘tkazish g‘oyasini hukmron Liberal-demokratik partiya (LDP) vitse-raisi Taro Aso e’lon qildi. LDP Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan do‘stlikni mustahkamlash bo‘yicha parlament guruhi yig‘ilishida u so‘nggi 6 oy ichida Rossiya, Xitoy va AQSh Markaziy Osiyo bilan bunday sammitlarni o‘tkazganini ta’kidladi. Shuning uchun, uning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya uchun «shunga o‘xshash sammitlarni muvaffaqiyatli o‘tkazish» juda muhim.
Yaponiya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi birinchi sammit 2024 yil avgust oyida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Biroq, uchrashuv bekor qilindi. Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Fumio Kisida boshchiligidagi Yaponiya hukumati mamlakat sohilida kuchli zilzila sodir bo‘lishi mumkinligi haqidagi favqulodda ogohlantirishdan so‘ng, sammitni o‘tkazmaslikka qaror qilindi.
Mavzuga oid
22:10
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
08:40 / 09.07.2026
JSST Markaziy Osiyoni jazirama xavfidan ogohlantirdi
18:06 / 08.07.2026
Yevropa va Markaziy Osiyoda jazirama issiqning yangi to‘lqinlari kutilmoqda - JSST
19:35 / 05.07.2026