Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirzacho‘lda cho‘l sharoitida paxtachilik bo‘yicha innovatsion maktab tashkil etiladi
«Mirzacho‘l» klasteri cho‘l sharoitida yuqori hosildorlikka erishgan tajribasini butun respublika fermerlariga o‘rgatish maqsadida innovatsion qishloq xo‘jaligi maktabi tashkil etilmoqda. Unda mamlakatning turli hududlaridan kelgan 1 ming nafar fermer cho‘l sharoitida paxta yetishtirish bo‘yicha o‘qitiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Mirzacho‘l» klasteri shu yilning o‘zida cho‘l sharoitida paxtadan har gektardan 50–55 sentnerdan hosil oldi. Unga biriktirilgan 27 nafar fermer esa hosildorlikni 85 sentnergacha yetkazishga muvaffaq bo‘ldi.
Yaratilayotgan innovatsion maktabda o‘qib, maxsus sertifikat olgan fermerlarga yangi joriy etilayotgan reyting tizimida qo‘shimcha 10 ball berilishi belgilangan. Bu esa ularga imtiyozli kreditlar va boshqa qo‘llab-quvvatlash choralaridan kengroq foydalanish imkonini yaratadi.
Shu bilan birga, ilg‘or fermerlarning tajribasini ommalashtirish maqsadida ustoz-shogird tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Unga ko‘ra, yuqori natija ko‘rsatayotgan fermerlar kam hosil olayotgan fermerlarga biriktiriladi. Agar ustoz fermer o‘z shogirdiga tajribasini o‘rgatib, uning dalasida hosildorlikni gektariga 50 sentnerdan oshirishga erishsa, 5 million so‘m miqdorida mukofot oladi.
Mazkur chora-tadbirlar cho‘l va suv tanqis hududlarda ham yuqori hosildorlikka erishish, zamonaviy agrotexnologiyalarni ommalashtirish va fermerlar o‘rtasida samarali hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
11:45 / 24.02.2026
Har payshanba - vazirlik va hokimliklarda «Yoshlar kuni» bo‘ladi
11:08 / 24.02.2026
«22 milliondan ziyod yoshlar timsolida katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz» – prezident
08:44 / 24.02.2026
Toshkentda 5 ta nimstansiya quriladi va tarmoqlar modernizatsiya qilinadi
08:22 / 24.02.2026