Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: yangi agrotexnologiyalar hisobiga paxta va g‘alla hosili oshiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi xodimlari bilan uchrashuvda kelgusi yilda paxta hosilini 4,5 million tonna, g‘alla hosilini esa 10 million tonnaga yetkazish imkoniyati mavjudligini ta’kidlab, bu borada yangi agrotexnologiyalar va yuqori unumdor navlarni joriy etish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.
Davlat rahbari yaqinda Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida fermerlar va dehqonlar bilan uchrashuvlar o‘tkazgani, joylardagi o‘zaro raqobat, qaynatilgan mehnat va shijoatni ko‘rib, kelgusi yilda belgilanayotgan yuqori marralarga to‘liq ishonch hosil qilganini qayd etdi.
Ma’lum qilinishicha, kelgusi yilda:
- 76-sxema bo‘yicha paxta yetishtirish tizimi ommalashtirilib, 891 ming gektar yerda to‘liq shu sxema asosida paxta parvarishlanadi;
- ko‘sak qurti, gerbitsid, sho‘r va suvsizlikka chidamli xorijiy navlar ekiladigan maydonlar 2 barobarga oshirilib, 500 ming gektarga yetkaziladi;
- «Shinjon tajribasi» asosida 300 ming gektarga chigit ekish rejalashtirilgan.
Yangi agrotexnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida dalalarda tomchilab sug‘orish texnologiyasini keng joriy etish uchun 2 trillion 600 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratiladi.
Shuningdek, o‘z mablag‘lari hisobidan paxta yetishtiruvchi fermerlarga hosilning 10 foizigacha qismini subsidiyalash uchun 250 milliard so‘m yo‘naltirilishi belgilandi. Paxta yetishtirish uchun kredit limitini yarmigacha ishlatgan fermerlar ham hosilning 5 foizigacha subsidiya olish imkoniga ega bo‘ladi.
Prezident ta’kidlaganidek, ilg‘or agrotexnologiyalar, suv tejovchi usullar va fermerlar tajribasi uyg‘unligi hisobidan qishloq xo‘jaligida navbatdagi yuqori marralarga erishish vazifasi qo‘yilmoqda.
Mavzuga oid
11:45 / 24.02.2026
Har payshanba - vazirlik va hokimliklarda «Yoshlar kuni» bo‘ladi
11:08 / 24.02.2026
«22 milliondan ziyod yoshlar timsolida katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz» – prezident
08:44 / 24.02.2026
Toshkentda 5 ta nimstansiya quriladi va tarmoqlar modernizatsiya qilinadi
08:22 / 24.02.2026