O‘zbekiston | 18:22 / 20.12.2025
4835
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydan olib kelingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari chegarada ushlab qolinayotganiga izoh berildi

Qalbaki fitosanitar sertifikat asosida mahsulotlar importini oldini olish maqsadida yangi namunadagi sertifikat tasdiqlangan. Xitoydan import qilinadigan mandarin mahsuloti uchun esa alohida reyestr shakllantirilgan.

Xitoydan olib kelingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari chegarada asossiz ushlab qolinayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar va murojaatlar yuzasidan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, Xitoy Bosh bojxona ma’muriyati bilan kelishuv asosida qalbaki fitosanitar sertifikat asosida mahsulotlar importini oldini olish maqsadida yangi namunadagi sertifikat tasdiqlangan.

“Yangi namunadagi sertifikatda xalqaro ISPM 12 standartiga muvofiq mahsulotning markirovka raqamini ko‘rsatish shart.

Fitosanitar sertifikatlarning haqqoniyligi Xitoyning «E-Cert» elektron tizimi orqali tekshiriladi, bu esa fitosanitar nazorat jarayonlarining shaffofligi va tezlashtirilishini ta’minlaydi”, deyiladi agentlik izohida.

Xitoydan import qilinadigan mandarin mahsuloti uchun esa alohida reyestr shakllantirilgan bo‘lib, mazkur hududlarning fitosanitar xavfsizligi tasdiqlangan.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid