Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonni ajratib turgan chegaralar do‘stlik ko‘priklariga aylandi – Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashni tashqi siyosat va ongli strategiyaning ustuvor vazifasi deb atadi.
Foto: Prezident matbuot-xizmati
“Bugun ishonch bilan aytish mumkinki, bir paytlar bizni ajratib turgan chegaralar do‘stlik va hamkorlik ko‘priklariga aylandi”, dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda Lev Tolstoy nomidagi xalqaro tinchlik mukofotini topshirish marosimida so‘zlagan nutqida.
"O‘zbekiston uchun mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash – tashqi siyosatimizning ustuvor vazifasi va Markaziy Osiyo kelajagi borasidagi umumiy mas’uliyatimizni anglashga asoslangan ongli strategiya hisoblanadi", - deb ta’kidladi O‘zbekiston rahbari.
21 dekabr kuni Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilari Shavkat Mirziyoyev, Imomali Rahmon va Sadir Japarovga Lev Tolstoy nomidagi xalqaro tinchlik mukofoti topshirildi.
Uch mamlakat yetakchilari Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissalari uchun ushbu mukofotga munosib deb topilgan.
Tolstoy mukofoti Rossiya Tarix jamiyati va Rossiya Tinchlik fondi tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, u urushning oldini olish, ko‘pqutbli va zo‘ravonliklarsiz dunyo barpo etish hamda tinchlikni mustahkamlash borasidagi ulkan xizmatlar uchun beriladi.
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib turibdi.
O‘zbekiston yetakchisi 21-22 dekabr kunlari Yevrosiyo Oliy iqtisodiy kengashining navbatdagi majlisida kuzatuvchi maqomida va MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.
Mavzuga oid
11:23 / 08.01.2026
Prezident prokuratura xodimlari va faxriylarini kasb bayrami bilan tabrikladi
15:22 / 07.01.2026
Japarov Qirg‘iziston va Tojikiston yarashishida Shavkat Mirziyoyevning o‘rni katta bo‘lganini aytdi
18:53 / 05.01.2026
To‘qayev MDH davlatlari prezidentlari qanday sport turi bilan shug‘ullanishini aytdi
00:07 / 01.01.2026