21 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Luiziana shtati gubernatori Jyeff Lendriyni Grenlandiya bo‘yicha maxsus elchi etib tayinlaganini e’lon qildi. Bu – Daniya va Grenlandiya tomonidan yangi tanqidlarga sabab bo‘ldi.

Tramp o‘zini o‘zi boshqaruvchi Grenlandiya AQSh tarkibiga kirishi kerakligini, bunga uning strategik ahamiyati va mineral resurslarini asos qilib keladi. 2024 yil yanvarida gubernatorlik lavozimiga kirishgan Lendriy esa bu g‘oyani ochiq qo‘llab-quvvatlaydi.

Dushanba kuni prezident Donald Tramp AQSh milliy xavfsizligi uchun Grenlandiya zarur ekanini yana bir bor ta’kidladi. U ushbu orolga tayinlagan maxsus elchisi jarayonga «bosh-qosh bo‘lishini» aytdi.

«Bizga Grenlandiya – mineral resurslar uchun emas, milliy xavfsizlik uchun kerak… Agar Grenlandiyaga qarasangiz, butun qirg‘oq bo‘ylab rus va Xitoy kemalarini ko‘rasiz. Bizga u milliy xavfsizlik uchun zarur. Biz uni olishimiz kerak»,dedi Tramp Palm-Bichda jurnalistlarga.

Trampning aytishicha, Lendriyning o‘zi elchi bo‘lish tashabbusi bilan chiqqan.

«Jyeff Grenlandiyaning milliy xavfsizligimiz uchun qanchalik muhim ekanini tushunadi. U ittifoqchilarimiz, hatto butun dunyo xavfsizligi va barqarorligi yo‘lida mamlakatimiz manfaatlarini qat’iyat bilan ilgari suradi. U kelishuvlar odami. Bitim tuza oladigan inson», — dedi Tramp.

Lendriyning o‘zi ham Trampga minnatdorlik bildirdi: «AQSh tarkibiga Grenlandiyani qo‘shish uchun ushbu ko‘ngilli lavozimda xizmat qilish — sharaf… Bu mening Luiziana gubernatori sifatidagi lavozimimga hech qanday ta’sir qilmaydi!» deya yozdi u.

Daniya hukumatidagi anonim rasmiyga ko‘ra, Tramp ma’muriyati bu tayinlovdan oldin Kopengagenga hech qanday ogohlantirish bermagan.